Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari


Download 1.44 Mb.
bet82/324
Sana02.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#184459
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   324
Bog'liq
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma

Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari


Fazilat - bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi tajribada kuzatilgan.

Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o’rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taassurotlarning almashinishiga tez ko’nikib keta qoladi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha "sangvinis", ya'ni "qon" degan so’zdan kelib chiqqan.



Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:

    • yangi kishilar bilan tez til topishadigan;

    • bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan;

    • bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan;

    • yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan;

    • xushchaqchaq;

    • harakatlari shiddatli;

    • nutqi tez;

    • kelajakka ishonch bilan qaraydigan;

    • so’zini aniq va ma'noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir. Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar.

Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo’ladilar.

Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan qattiqqo’l va talabchan bo’lsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin.

Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladi.

Agar kishida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi shilliqni "flegma" deyishgan.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling