Microsoft Word menejment va marketing asoslari
Yuqori pog’ona menejerlari
Download 1.44 Mb.
|
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyi pog’onali menejerlar
- Boshqaruv uslubi
- Rahbarning ish uslubi
- Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Yuqori pog’ona menejerlari firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bir so’z bilan aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.
O’rta pog’ona menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovarlarni o’zlashtirish, texnologiyani qo’llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug’ullanadi. Quyi pog’onali menejerlar quyi bo’g’inda, masalan, tsex, bo’lim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi. To’g’ri, korxonani boshqarish bevosita mulk egasining vazifasi deyishimiz mumkin. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo’lish shart emas. Shu xususdan orkestrni boshqaruvchi direjyor musiqa asboblarining egasi bo’lmasa ham o’z ishini qilaverishi o’rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o’zi yoki yollangan, ammo mulkdor nomidan ish qiluvchi menejer bajaradi. Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o’z ishining ustasi bo’lgan maxsus ijtimoiy toifa-menejerlar toifasi paydo bo’ldiki, uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Menejer g’oyat murakkab, o’ta mas'uliyatli ish bilan shug’ullanishi, firmaning hayot-momotiga javobgar bo’lganligi uchun ham yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladi. Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer: rahbar-boshqaruvchi; rahbar-diplomat; rahbar-murabbiy, tarbiyachi; rahbar-inson; rahbar-tadbirkor; rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi. Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma'nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim: boshqaruv uslubi; ish uslubi; rahbarning ish uslubi. Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuidir. Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta'sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuidir. Masalan: mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi; vazirlik, qo’mita, hokimlarning ish uslubi; sud, prokuraturaning ish uslubi; korxona, tsexlarning ish uslubi; ayrim rahbarlarning ish uslubi va hk. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir. Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi. Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling