Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-jadval. Samarali quloq solishning 10 qoidasi


Download 1.44 Mb.
bet151/324
Sana02.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#184459
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   324
Bog'liq
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma

18-jadval. Samarali quloq solishning 10 qoidasi





T/r

Qoidalar

Izoh

1.

So’zlashdan to’xtang

- Gapira turib quloq solish mumkin emas. Har bir kishiga shivirlab, ammo "hech kimga ovoza qilma" degan naql

bor.


2.

So’zlovchiga o’zini erkin

tutishga yordamlashing



- Gapiruvchi kishiga o’zini erkin tutishi uchun sharoit yarating. Ko’pincha buni hal qiluvchi muhitni yaratuvchi deb atashadi.

3.

O’zingizni so’zlovchiga quloq solayotganingizni ko’rsating

- O’zingizni manfaatdor ekanligingizni ko’rsating va shunga mos ravishda harakat qiling. So’zlashuv jarayonida gazeta, jurnal o’qimang. Eshitaturib uni rad

qilish bahonalarini izlamasdan, balki uni tushunishga harakat qiling.



4.

G’ashga tegadigan holatlarni bartaraf qiling

- Rasm chizib turmang, stolga urmang, qog’ozlarni bir joydan ikkinchi joyga qo’zg’atavermang, ehtimol eshik yopib qo’yilsa, xonada sokinlik bo’ladi.

5.

Bardoshli bo’ling

- Vaqtni ayamang. So’zlaguvchini bo’lmang, chiqishga zo’r bermang, eshik tomon qadam bosmang.

6.

So’zlovchiga hamdard bo’ling

- So’zlovchini o’zingizning o’zningizga qo’yib ko’ring.

7.

Harakteringizni

saqlay biling



- G’azablangan kishi suhbat mazmuniga noaniqlik kiritish

payida bo’ladi.



8.

Bahsga va tanqidla yo’l qo’ymang

-Bunday hol so’zlovchini himoyaga o’tishga majbur

qiladi. U jim bo’lib qolishi yoki jahli chiqishi mumkin. Aynan bahsda g’olib chiqib, bu bilan yutqazgan bo’lasiz.



9.

Savollar bering

- Bu so’zlovchini ilhomlantirida, u sizning uni quloq solayotganingizga yani bir bor iqror bo’ladi. Bu oldinga jilishga yordam beradi.

10.

So’zlashdan to’xtang

- Birinchi maslahat ham shundan boshlangan. Oxiri ham shu bilan tugaydi. Zero, qayd qilinganlarning barchasi shunga bog’liq. Siz gapirishdan to’xtamas ekansiz, demak, samarali quloq solishni ham bilmaysiz.

Tabiat odamga ikkita quloq, ammmo faqat bitta til ato etgan. Ohistagina aytmoqchi bo’lsak, bu degan so’z - gapirishdan ko’ra ko’proq eshitish kerak. Eshitish uchun ikkita quloq zarur: biri - so’z mohiyatini qabul qilish, ikkinchisi - so’zlovchi hissiyotini ilib olish uchun kerak.

Quloq solishni istamaydiganlar asosli qarorlar qabul qilish uchun etarli axborotlar oligga muvaffaq bo’lmaydilar. O’zingizning quloq slish qobiliyatingizgni o’stirish niyatida bo’lsangiz so’zlashuvdan so’ng o’zingizga o’zingizga-o’zingiz baho berishga harakat qiling. Buning uchun shu jarayonda qayd qilingan 10 qoidaga banoan qanday samarali ish qilganingizni o’zingizdan so’rang. Shundan so’ng qaysi qoidalar ustida ishlashingiz va o’zingizni takomillashtirishingiz ayon bo’lib qoladi.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling