Tashqi sharoitlarning rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo, shu bilan qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi, xaridorlar va vositachilarning xatti-harakatlari, ta'minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat tomonidan tartiblashtirish chora-tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni beradi. Bu erda quyidagi harakterdagi yo’nalishlar kuzatiladi:
tashqi muhit monitoringi (kon'yunktura, jarayonlar va tendentsiyalarni o’rganish);
muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish);
muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash).
Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma'lumotlarni doimiy to’plash, izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini o’rganishda eng ko’p tarqalgan. Ko’pincha monitoring ob'ekti bo’lib reklama va, birinchi navbatda, uning radio va, ayniqsa, televidenie kabi vositalari hisoblanadi.
Quyida batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining tendentsiyalari va jarayonlari, uning sig’imi, sotilishlar dinamikasi, raqobatchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, iste'molchilar xatti-harakatlarining sabablari, mahsulotning raqobatbardoshligi, rag’batlantirish va reklamaning samaradorligi, taqsimlash kanallari va boshqalarga nisbatan qo’llanadi.
Yig’ilgan marketing axborotiga ishlov berish maqsadida tegishli dastur asosida analitik marketing tizimi yaratiladi. U ma'lumotlar banki va modellar bankini o’z ichiga oladi. Prognozlash jarayonlarining tahlilini o’tkazishda o’rtacha miqdorlar, guruhlashlar, trendlar, regression va korrelyatsion usullar, omilli va klasterli tahlil, qarorlarni qabul qilish nazariyasi usullari, jarayonlarni o’rganish usullari, evristik usullar va shu kabi boshqa iqtisodiystatistik va iqtisodiymatematik usullar qo’llanadi.
Hosil bo’lish bosqichlariga qarab marketing axborotini quyidagi ikki turga bo’ladilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |