F = (N . V) - S,
Bu erda:
N – tovar narxi;
V – sotilgan mahsulot hajmi; S – jami xarajatlar.
Foydadan tashqari narx tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy ko’rsatkichlariga, bozor ulushiga katta ta'sir ko’rsatadi. Ko’p hollarda, korxona
tovarni eng yuqori narxda sotib, darhol foyda olishni ko’zlamasdan, egiluvchan narx siyosatini yuritishi kerak.
Raqobatchilar o’z faoliyatlarida ham narxga katta e'tibor beradilar. Tovar bozorda narx asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin.
Narx raqobati deganda tovarning narxini o’zgartirish yo’li bilan raqobat kurashiga borish tushuniladi. Bunda, ko’pchilik hollarda narxni pasaytirishga harakat qilinadi. Albatta, narxni pasaytirayotgan firma yoki korxona raqobatchiga nisbatan kam xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Korxona "narx urushi"ni e'lon qilishdan oldin o’zining va raqobatchining iqtisodiy barqarorligini obdon o’rganishi talab etiladi. Aks holda "narx urushi"ni e'lon qilib, mag’lubiyatga ham uchrash mumkin. Agar, raqobatchilar bir xil sharoitda bo’lsalar, u holda "narx urushi" o’z ahamiyatini yo’qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |