Microsoft Word menejment va marketing asoslari
Download 1.44 Mb.
|
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma
Talabga asoslangan usul. Ko’pchilik hollarda korxonalar narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas, balki tovarning iste'molchilar tomonidan xaridor sifatida qabul qilinishi, ya'ni tovarning xaridor xohlaydigan foydaliligidadir deb biladilar. Demak, narx bu holda tovarning qiymat jihatidan muhimligiga muvofiq kelishi kerak. Aslida ham har bir xaridor u yoki bu tovarni xarid qilar ekan, u xayolan xarid qilingan tovarning narxini uning foydaliligi bilan taqqoslab ko’radi.
Tovarning foydaliligi asosida narxlashtirish usulidan foydalanadigan korxona iste'molchilar ongida shu korxonaning tovariga raqobat qilayotgan tovarlar haqida ham qanday tasavvur mavjudligini bilishlari talab etiladi. Bu erda iste'molchilarning bitta tovar uchun har xil sharoitlarda qancha pul to’lashga tayyor ekanliklarini bilish ham muhim hisoblanadi. Agar sotuvchi tovarga narxni uning foydaliligidan ko’proq belgilasa, sotish hajmi belgilangandan kamroq bo’lishi mumkin. Ko’pgina kompaniyalar o’z tovarlarining narxlarini juda yuqori belgilaydilar va natijada tovar bozorda yomon sotiladi. Ba'zi kompaniyalar esa o’z tovarlariga haddan tashqari past narx belgilaydilar. Bu holda tovarlar bozorda yaxshi sotilsada, korxonaga kam daromad keltiradi. Iste'molchilarning narx darajasiga munosabatlarini bilish uchun maxsus marketing tadqiqotlari o’tkaziladi. Masalan, iste'molchilar orasida so’rovlar o’tkazish va bozorni testlashtirish shular jumlasiga kiradi. Iste'molchining tovarni xarid qilishiga uzoq muddat davomida mavjud bo’lib kelayotgan va xaridor odatlanib qolgan narxlar ham katta ta'sir ko’rsatadi. Bunday holatda tovar narxining ozgina oshishi ham tovar xaridining keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunda iste'molchining odatlanib qolgan narxlarga nisbatan fikrini tovarning sifatini, o’rab-joylanishini va dizaynini juda yaxshilash hisobiga o’zgartirish lozim. Iste'molchilar talabi asosida narx belgilashning variantlaridan biri kim-oshdi savdosi o’tkazishdir. Agar tovar iste'molchi uchun juda ahamiyatli, katta qiymatga ega bo’lsa, u holda kim-oshdi savdosining boshlang’ich narxini juda yuqori belgilash mumkin bo’ladi.
Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling