Tovar sotishni rag’batlantirish - turli vositalar, usullar, tadbirlar yordamida tovar sotuvchilar va oluvchilarning qiziqishini kuchaytirish.
Tovar taklifi - bozorda mavjud bo’lgan tovarlar majmui.
Tovar tarqatish - ishlab chiqarilgan tovarlarni iste'molchilarga etkazib berish faoliyati.
Tovar tarqatish kanali - tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste'molchilarga bo’lgan makon va zamonda tovar harakatini amalga oshirish va mulk huquqini o’z zimmasiga oladigan tashkilotlar, korxonalar, shaxslar to’plami; ishlab chiqarishdan iste'molgacha to var o’tadigan yo’l.
Tovar tannarxi - tovarni ishlab chiqarish uchun bevosita, to’g’ridan-to’g’ri qilingan xarajatlar qiymati.
Tovar o’rami - tovarni solish, joylash, saqlash uchun xizmat qiladigan idish.
Do'stlaringiz bilan baham: |