jadval. Boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar
T/r
|
Talablar
|
Izoh
|
1.
|
Ilmiy asoslangan bo’lishi lozim
|
Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa ijtimoiy qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul
qilinishi lo’nda va aniq bo’lishi lozim.
|
2.
|
Bir-biri bilan
aloqador va yakdil bo’lishi kerak
|
Muayyan vazifani hal etishda ko’pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo’shimcha vazifalarni hal etishga to’g’ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo’ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko’rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog’lanadi. Shuningdek,
ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.
|
3.
|
Huquq va
javobgarlik doirasida bo’lishi lozim
|
Rahbar qarorni o’ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu erda gap boshqarishning barcha bo’g’inlarida huquq va javobgarlik ko’lami nisbati to’g’risida boryapti. huquqlar katta, mas'uliyati esa kam bo’lsa, ma'muriy o’zboshimchalikka, o’ylamasdan qaror qabul qilishga yo’l ochiladi. huquqlar ozu, mas'uliyat katta
bo’lsa, bu ham hech qanday naf keltirmaydi.
|
4.
|
Aniq va to’g’ri yo’nalishga ega bo’lishi kerak
|
Har qanday qaror va aniq bajaruvchiga tushunarli bo’lishi lozim. qarordan bir necha ma'no kelib chiqishiga va uni
turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo’l qo’ymaslik kerak.
|
5.
|
Vaqt bo’yicha
qisqa bo’lishi kerak
|
Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
|
6.
|
Vaqt bo’yicha
aniq bo’lishi lozim
|
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko’rsatilishi
kerak. Aks holda uning bajarilishini ob'ektiv nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’linmaydi.
|
7.
|
Tezkor bo’lishi kerak
|
Har qanday qaror o’z vaqtida, ya'ni ishlab chiqarishdagi vaziyat talab qilgan vaqtning o’zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning
har ikkisi ham zararlidir.
|
8.
|
Samarali bo’lishi
lozim
|
Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda qo’yilgan
maqsadga eng kam harajat bilan erishish tushuniladi.
|
Ma'lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi holatning muammoni hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Ana shu erning o’zida muammo kelib chiqadi.
Boshqaruv qarorlari quyidagi unsurlardan tashkil topadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |