Microsoft Word menejment va marketing asoslari


chizma. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni


Download 1.44 Mb.
bet99/324
Sana02.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#184459
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   324
Bog'liq
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma

chizma. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni

Qaror modelini ishlab chiqish va maqbul variantni ajratib olish esa mezonlarni tanlash bilan bevosita bog’liq. Mezonlarni tanlash vazifalarning har xil variantlarini muhokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu masalani hal qilishda taklif qilingan variantlarni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Berilgan variantlarni tahlil qilishda matematik, grafik, mantiqiy va boshqa usullar qo’llaniladi. Tanlab olingan variantning maqsadga muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnik va boshqa mezonlar bo’yicha umumiy tarzda baholanadi. Bunda mezonlar, aniq omillar va sharoitlarni tanlashga o’tiladi. Shundan so’ng qaror tayyorlashning navbatdagi bosqichiga o’tiladi. Bu bosqichda qo’yilgan vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi.




Model - bu boshqaruv oldida turgan vazifani hal etish chizmasidir.

Model oddiy yoki dasturlashni talab qiluvchi, murakkab bo’lishi ham mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matematik yoki statistik modellardan

foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini o’taydi.

Modellashtirish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:




Qarorni tanlash, ularni uzil-kesil qabul qilish rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rahbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabul qilishi mumkin. Odatda, yakkaboshchilik ko’pchilik fikri bilan birgalikda qo’shib olib boriladi, ya'ni:



    • tanlangan qaror varianti tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi;

    • qaror uzil-kesil qabul qilinadi va hujjat (buyruq, farmoyish berish, rejani tasdiqlash va hokazolar) bilan rasmiylashtiriladi;

    • qaror ijro etuvchi shaxslarga etkaziladi.





    1. Download 1.44 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling