Microsoft Word Milliy istiqlol goyasi metodik qollanma 2009 lotin alifbosi doc


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana08.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1758244
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
10cNyQcSyVLXYBwoHDoTjAkWGDd6PQpkrDNOie6r

Birinchidan, bu asarda ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikning 
anglashining usishidan, xalqning sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan 
iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblash kerakligi asoslangan. 
Ikkinchidan, asarda ma’naviy qadriyatlarni hamda xalqimiz uchun muqaddas 
bo’lgan diniy qadriyatlar va an’anlarni qaytarish va tiklash, o’zligimizni anglash 
ancha murakkab sharoitlarda – eski imperiya tuzumi barbod bo’lgan va yangi ijtimoiy 
munosabatlar qaror topayotgan bir sharoitda yuz berganligi haqida kerakli darajadagi 
tahlillar o’z ifodasini topgan. 
Uchinchidan, xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma’naviy 
uyg’onishi an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobi ma’naviy 
qadriyatlarning bitmas-tugamas manbai ekanligi urg’ulangan. «Ma’naviy 
qadriyatlarning tiklanishi, - deydi Islom Karimov, - ularning hozirgi dunyo va 
axborot sivilizatsiyasi qadiryatlariga moslashishini ham anglatadi»
2
Bu asarda ma’naiy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi 
to’g’risida Islom Karimov tomonidan quyidagi fikrlar ilgari surilgan. 
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 75-bеt. 
2
Qarang. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyoti 
kafolatlari. 147-bet. 


39
1. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi 
avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos 
an’analarini saqlab qolishiga muvaffaq bo’lganligi; 
2. Хalqimizning siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirining 
chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatining sohibiga 
aylanganligi; 
3. Тarix millatning haqiqiy tarbiyasiga aylanib borayotganligi
4. Ijtimoiy hayotni isloh qilish va yangilash boshlanib ketganligi sababli ma’naviy 
madaniyatning qudratli qatlamlari ochilganligi, demokratik qadriyatlarga e’tiborning 
oshib borayotganligi; 
«Biron-bir jamiyat ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda 
mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi»
1
- deydi Yurtboshimiz.
O’rganilayotgan mavzudagi 2-savolni «Milliy g’oyada umuminsoniy 
qadriyatlar va milliy xususiyatlarning e’tirof etilishi» masalasining nazariy asoslarini 
bayon etishda ham Islom Karimovning qator asarlaridan foydalanish amaliy 
ahamiyatni kasb etadi. 
2-savoldagi – «Milliy g’oyada umuminsoniy qadriyatlar va milliy 
xususiyatlarning e’tirof etilishi» masalasini bayon etishning boshlanishida talabalarga 
umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi tamoyillari to’g’risida qisqacha ma’lumot 
berish maqsadga muvofiqdir. 
Umuminsoniy 
qadriyatlar 
ustuvorligi tamoyillari bu barcha xalqlar uchun 
ijobiy ahamiyat kasb etuvchi, insoniyatning umummanfaatiga mos keluvchi moddiy 
va madaniy hodisalar, mezonlar, qadrli jihatlarning ustuvor bo’lishiga tayangan 
g’oyalar asosidagi faoliyat majmui. Ma’lumki, har bir odam jinsi, irqi, millati, yoshi, 
kasbi, e’tiqodidan qat’iy nazar avvalo u bashar farzandi, insondir. Ana shu umumiy 
mohiyat barcha odamlar, millatlar uchun birday ahamiyatli va qadrli bo’lgan 
predmet, hodisa, jarayon, munosabatlarini farqlashga imkon beradi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling