Microsoft Word Milliy istiqlol goyasi metodik qollanma 2009 lotin alifbosi doc


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/33
Sana08.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1758244
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
10cNyQcSyVLXYBwoHDoTjAkWGDd6PQpkrDNOie6r

Uchinchidan, yoshlarning men o’zbek farzandiman, deb, g’urur va iftixor bilan 
yashashga erishishdir.
Bu yuqorida sanab o’tilgan vazifalar mohiyatini bayon etib bo’lgandan keyin, 
o’qituvchi Prezident Islom Karimovning yoshlar to’g’risida quyidagi so’zlarini o’qib 
berish mumkin. «Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota 
– bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatini qaror toptirishimiz, ta’bir 
joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Тoki ular milliy 
ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon taraqqiyoti bilan barobar 
qadam tashlaydigan insonlar bo’lib yetishsin»
2
1
Qarang. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari. 138-bet. 
2
Karimov I.А. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. 11-12-betlat. 


65
Yoshlarga milliy – madaniy meros, ajdod-avlodlaridan, Vatandan faxrlanish 
tuyg’ularini singdirish eng murakkab vazifalardan biridir. Bu savolga aniq javobni 
biz Islom Karimovning quyidagi asarlaridan topishimiz mumkin
1
.
Yurtboshimizning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida quyidagi dolzarb 
masalalar chuqur tahlil qilingan:
- Milliy g’oyaning ajdodlardan - avlodlarga o’tib, asrlar davomida ezozlab 
kelinayotgani va xalqimizning ma’naviy ehtiyojiga va xalqimiz ma’naviy ehtiyojiga 
va hayot talabiga aylanib ketganligi; (71-bet) 
- milliy g’oya O’zbekistonda yashayotgan barcha odamlarning hayotiy manfaatlarini 
mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan 
tushunchalarni o’z ichiga olganligi; 
- Vatan ravnaqi avvalo uning farzandlariga, ularning ma’naviy va jismoniy 
kamolotiga bog’liqligi; (72-73-betlar) 
- o’sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik 
hissi bilan yondashish zarurligi;
- O’zbek tili davlat tili deb e’lon qilinganligi, davlat tilining xalqaro miqiyosda faol 
muloqot vositasiga aylanib borayotganiligi, ona tilini asrab-avaylash, uni boyitish, 
nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlash zarurligi; 
- mamlakatimizda amalga oshrilayotgan islohotlar va ularning ma’naviy mezonlari 
va yoshlarimizning ma’naviy olamida bo’shliq vujudga kelmasligi uchun ularning 
qalbi va ongida sog’lom hayot tarzi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-
ehtirom tuyg’usini bolalik paytidan boshlab shakllantirish zarurligi; 
- mustaqillik sharofati bilan buyuk allomalarimizning qoldirgan ma’naviy 
meroslari, hayotiy faoliyati tarixini o’rganish va ulardan foydalanish imkoniyati 
vujudga kelganligi.
Shunday qilib, mustaqillik sharoitida respublikamizda bunyodkorlik g’oyalar 
jamiyatning barcha sohalariga ijobiy ta’sir etmoqda. Natijada katta bunyodkorlik 
ishlari amalga oshmoqda. Ulardan faxrlanish tuyg’ularini o’stirish muhim amaliy 
ahamiyatga egadir.
“…xalq ma’naviyati shunday buyuk ummonki, har qaysi avlod undan kuch – 
qudrat, g’ayrat va ilhom olib, o’zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanini namoyon 
etadi”
2
- deydi Islom Karimov. Ana shu ummondan ma’naviy oziqlanish avlodlarimiz 
uchun ichki zaruriyatga aylanib bormoqda. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling