Microsoft Word Moliyaviy hisob
Pul mablag’lari va tashkilotlar o’rtasida hisoblashishlar hisobining vazifalari
Download 69.42 Kb.
|
pul refarat
Pul mablag’lari va tashkilotlar o’rtasida hisoblashishlar hisobining vazifalari
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriyasi, odatda, barcha to’lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni qonunlarga muvofiq, o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi. Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag’lari, to’lovlar, hisob-kitoblar va kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar turadi: • xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’larini samarali boshqarish maqsadlari uchun kerakli axborot bilan ta’minlash; • naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish; • hisob registrlarida to’lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag’larining mavjudligi hamda harakatini to’liq va tezkor aks ettirish; • naqd pul mablag’laridan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish; • pul mablag’lari va o’zaro hisob-kitoblar holatining inventarlanishini tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o’tkazish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini uzish muddatlari o’tib ketishiga yo’l qo’ymaslik; • kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarda pullar mavjudligi va butligini nazorat qilish; • pul resurslarining harakat oqimini bashorat qilish va pul mablag’larining harakat oqimini maqbul holga keltirishni tartibga solish bo’yicha tegishli boshqaruv qarorlarini tayyorlash. Bosh buxgalter xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlashi kerak: kelib tushayotgan barcha pul mablag’larining to’liq hisobi, shuningdek, boshqa xizmatlar (yuridik, moliyaviy va hokazo) rahbarlari bilan birgalikda debitorlik qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlarini uzish, to’lov intizomiga rioya etish, pul mablag’lari, to’lovlar bo’yicha o’zaro hisob-kitoblar va majburiyatlar holatini belgilangan muddatlarda inventarlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish mumkin bo’lmagan, da’vo qo’zg’ash muddati o’tib ketgan qarzlarni buxgalteriya balanslaridan o’chirish. Download 69.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling