Microsoft Word Moliyaviy hisob
Schyot 5610 – «Pul ekvivalentlari»
Download 69.42 Kb.
|
pul refarat
Schyot 5610 – «Pul ekvivalentlari»
Debet Kredit 5010 - Pul ekvivalentlarini naqd 5110 5220 - Valyuta schyotiga qabul qilish pulga va naqd pul o’tkazish yo’li bilan uchun xorij valyutasining qiymatini qayd 6870 - Hisobdor shaxslar orqali pul qilish ekvivalentlarini sotib olish(marka, patta va 4230 - 4220 - Pul ekvivalentlarini boshqalar) hisobdor shaxslarga berish 6890 - Boshqa shaxslarlan pul 4290 - Xodimlarga pul ekviva ekvivalentlarining olinishi lentlarini berish (pattalar va boshqalar) 6110 - Pul ekvivalentlarining avlod 4630 - Pul ekvivalentlari bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va boshqa aniqlangan kamomadlarni qay qilish mustaqil balansga o’tkazilgan bo’linmalaridan 9430 - Sotib olingan ekvivalentlarni olinishi sotishdan aniqlangan farqni aks ettirish (nominal qiymatidan kam bahoda sotilsa) Pul ekvivalentlarining hisobi har bir pul ekvivalenti (pochta markasi, davlat bojxona markasi, veksel va hokazo) bo’yicha alohida- alohida yuritiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda, ayniqsa, xizmat ko’rsatuvchi sohalarda kassaga qabul qilingan naqd pullar mas’ul xodimlar(inkassatorlar) orqali bankdagi pul mablag’lari schyotiga topshirish uchun yuboriladi. Ushbu muomalalarni mahsulotlarni sotishdan olingan 26 naqd pullarni(tushumlarni) topshirishni qayd qilish, ya’ni saqlanish joyidan ketgan (inkassatorlarga topshirilgan) lekin yo’naltirilgan joyiga kelib tushmagan naqd pullarni hisobga olish 5620-«Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotida olib boriladi. Ushbu schyot tranzit schyoti hisoblanib, u pul mablag’larining harakati va holati ustidan doimiy nazoratni o’rnatishda bog’lovchi bosqichini bajaradi. 5620 – «Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotining debet tomonida kassadan inkassatorlarga topshirilgan naqd pullar aks ettiriladi va shu vaqtda 5010 va 5020 schyotlarining krediti tomonida qayd qilinadi. Ushbu mablag’lar bankdagi tegishli pul mablag’lari schyotlariga qabul qilingandan keyin esa 5620 – «Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotining kreditidan pul mablag’larini schyotlarining 5110, 5210 debetiga o’tkaziladi. Ushbu mablag’lar hisobidan qisqa va uzoq muddatli kreditlar va boshqa shaxslarga bo’lgan qarzlar to’lansa tegishli 6910-«Bankning qisqa muddatli kreditlari», 7510- «Bankning uzoq muddatli kreditlari, 6940-«Qisqa muddatli qarzlar» va 7690-«Boshqa uzoq muddatli to’lovlar» schyotlarining debetida qayd qilib boriladi. Ushbu schyotni bosh sub’ekt o’zining qaramog’idagi mustaqil balansga o’tkazilgan bo’linmalariga pul mablag’larini o’tkazishda ushbu mablag’lar hisobot davrining oxirida tegishli schyotlariga o’tkazilmaganda qo’llaydi. Shuningdek, mustaqil balansga o’tgan bo’linmalarning pul mablag’lari bosh sub’ektga o’tkazilayotganda shunga o’xshash holatlar vujudga kelsa, schyotni yuqorida keltirilgan tartibda qo’llaydilar. Yuqoridagi schyotlarda mablag’lardan qayd qilish uchun quyidagi hujjatlar asos bo’lib xizmat qiladi: • Kirim qilingan naqd pullarni topshirayotganda – bankning va aloqa bo’limining pattasi, bankning inkassatorlariga naqd pullarni topshirayotganda kuzatuvchi qaydnomaning nusxasi va boshqalar; • Bosh xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining bo’limlariga berilayotgan summalari bo’yicha o’tkazish uchun pul mablag’lari qabul qilgan bank yoki aloqa bo’limining nomi va summasi va avizo(xabarnoma)ning sanasi, to’lov topshiriqnomasining nomeri ko’rsatiladi. Pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’larining analitik hisobi ularning har bir turi bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi. Yo’ldagi pul mablag’larining holati va harakatini schyotlarida aks ettirishning quyidagi chizmasi keltirilgan. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan inkassatsiya qilinayotgan pul o’tkazmalarini amalga oshirayotganda ushbu mablag’larning holati va harakati ustidan nazorat qilish, ya’ni yo’ldagi va o’tkazmalardagi pul mablag’larining tegishli joylarga banklar yoki oluvchilarga borib etguncha nazoratini tashkil qilish uchun alohida 5710 - «Yo’ldagi o’tkazmalar» schyoti qo’llaniladi. Bu schyotda milliy va xorijiy valyutalarning o’tkazilishi yuzasidan ya’ni, aloqa bo’limlariga topshirilgan, lekin tegishli manzildagi oluvchilarning schyotlariga borib tushmagan yo’ldagi o’tkazmalarning holati va harakati ustidan nazorat o’rnatiladi. 5710 - «Yo’ldagi o’tkazmalar» schyotidagi tegishli summalarni o’tkazish uchun bank muassalarining pattalari, aloqa bo’limlarining pattalari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar asos bo’lib xizmat qiladi. Tegishli bankdagi pul mablag’lari schyotlaridan bank ko’chirmalari olingandan keyingina ushbu mablag’lar 5710 - «Yo’ldagi o’tkazmalar» schyotining kreditidan tegishli 5110, 5210, 5510, 5520, 5530, 6310, 6710 va boshqa schyotlarning debetiga o’tkaziladi. Xorij valyutasidagi yo’ldagi o’tkazmalar 5710 - «Yo’ldagi o’tkazmalar» schyotida ushbu o’tkazmalarning turlari bo’yicha hisobga olib boriladi. 5710 - «Yo’ldagi o’tkazmalar» schyoti bo’yicha analitik hisob har bir o’tkazmaning turi bo’yicha alohida yuritiladi. Download 69.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling