Microsoft Word Moliyaviy hisobot va hisobdorlik Uslubiy ko'rsatma2
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5321558131505899285
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “BUXGALTERIYA HISOBI, SOLIQ VA MOLIYA” KAFEDRASI MOLIYAVIY HISOBOT VA HISOBDORLIK FANIDAN Sirtqi bo‘lim 3-bosqich 5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun NAZORAT ISHLARINI bajarish bo`yicha USLUBIY KO’RSATMA Samarqand-2022 2 Tuzuvchi: M.Sh.Mardonov – “Buxgalteriya hisobi, soliq va moliya ” kafedrasi dotsenti Phd F.B.Ergashev-“Buxgalteriya hisobi, soliq va moliya ” kafedrasi assistenti Taqrizchilar: R.G’aybullayev – “Buxgalteriya hisobi, soliq va moliya ” kafedrasi mudiri , iqtisodiyot fanlari doktori professor A.Alikulov – SamVMI “Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori Nazorat ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko’rsatma kafedra (2022 yil 26 avgustdagi 1-sonli) majlisida muhokama qilingan va tasdiqlash uchun filial o’quv- uslubiy Kengashiga tavsiya etilgan. Kafedra mudiri R.G’aybullayev Nazorat ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy ko’rsatma filial o’quv-uslubiy Kengashining 2021 yil 28-avgustdagi 1-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari F.B.Axrorov 3 KIRISH Ushbu fan “Moliyaviy hisobot va hisobdorlik” fanining mazmuni, predmeti va metodi, moliyaviy hisobni tashkiliy - uslubiy jihatlari moliyaviy hisobotlar kabi masalalarni shuningdek talabalarga buxgalteriya hisobining nazariy asoslarini, hisob tushunchalari va usullarini, tamoyillarini, buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisobotni tuzishni o‘rgatish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini qamrab oladi. Fan 11 mavzuni qamrab olgan. Birinchi mavzu moliyaviy hisobot va hisobdorlik fani kirish tavsiflanadi. Ikkinchi mavzu xo’jalik yurituvchi sub’eklarning aktivlari va passivlari to’g’risida tushuncha va ularning hisobini o’rganishga bag‘ishlanadi. Uchinchi mavzu buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni. To‘rtinchi mavzu aktivlar va ularning hisobini tashkil qilish. Beshinchi mavzuda xarajatlar va ularning hisobi. Oltinchi mavzuda moliyaviy natijalar hisobi va hisoboti. Yettinchi mavzu pul oqimlari hisobi va hisoboti. Sakkizinchi mavzuda moliyaviy qo’yilmalar va ularning hisobi. To‘qqizinchi mavzu moliyaviy qo’yilmalar va ularning hisobi. O’ninchi mavzu majburiyatlar va ularning hisobi. O’n birinchi mavzu buxgalteriya hisobi va hisobotining xalqaro tizimi. “ Moliyaviy hisobot va hisobdorlik” fanning asosiy maqsadi – talabalarda moliyaviy hisob va hisobdorlikni shakllari, buxgalteriya hisobining xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning pul ifodasida aks ettiriladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalari, ularning xo‘jalik yuritish jarayonidagi harakati, xo‘jalik muomalalarini hisobga olish, ularni hujjatlashtirish va umumlashtirish, korxona (tashkilot, muassasa)larning mulkiy, moliyaviy faoliyati va ular to‘g‘risidagi to‘liq-ishonarli ma’lumotlarni shakllantirish hamda taqdim etish, buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uning me’yoriy huquqiy asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Ushbu fanni muvoffaqiyatli tugatib, talabalar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi: Moliyaviy hisobotlarni va moliyaviy hisobotlarni tuzish bilan bo’g’liq masalalarni to’liq amalga oshirish; xo‘jalik yurituvchi sub’yektda sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalari bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini tuzish va schetlarda aks ettirish; buxgalteriya hisobi schetlarining oboroti va qoldig‘ini aniqlash; moliyaviy va boshqaruv hisobotlarini tuzish hamda taqdim etish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil o’zlashtirish jarayonidagina 4 shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun talabalarning nazorat ishlarini bajarish bo’yicha mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart- sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, nazorat ishlarini yozish hamda o’zlashtirish uchun yo’l yo’riq berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Fan bo’yicha nazorat ishlarini tashkil etishning shakli va mazmuni Nazorat ishi talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, Buxgalteriya hisobi nazariyasi fanining biror bir mavzusini to’laroq o’zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Nazorat ishini bajarishdan maqsad – talabaning mustaqil holda hamda o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iborat. Nazorat ishini tashkil etishning mazmuni: talabalar nazorat ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Nazorat ishlarini tayyorlash hamda o‘zlashtirilishi uchun talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan, monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari kabilardan foydalanib materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat va ko‘rsatmalar oladi. Mavzuni yoritish jarayonida mavzuga taaluqli va ularni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni o'rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, ularning mavzuga oid qismlaridan ko'chirmalar, tarqatma material sifatida o'rganilishi tavsiya etiladi. Nazorat ishi tayyorlashni shakli bo'lib quyidagilar hisoblanadi: - taqdimot tayyorlash; - ilmiy loyiha yozish; - tarqatma materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash. Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma'lumotlarini yangilab borish maqsadida: - axborot resurslaridan foydalanishni yo'lga qo'yish; - fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma'lumotlarini tarjima qilish; - fanni chuqurroq o'rganish; 5 - fanni mukammal o'zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo'llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi. Talabalar nazorat ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim: - o’qish bosqichi; - muayyan fanning o’ziga xos xususiyati va o’zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi; - talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi); - fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; - talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. Nazorat ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan semestrga ko’nikmalar hosil bo’lishiga muvofiq ravishda o’zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini astasekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o’rgatib borish kerak bo’ladi. Talabalar nazorat ishlarini tashkil etishda talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin: - fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash; - amaliy mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish; - ma’lum mavzu bo’yicha referat tayyorlash; - kurs ishi (loyihalari)ni bajarish; - bitiruv malakaviy ishi uchun materiallar to’plash; - hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; - amaliyotdagi mavjud muammoning echimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash; - ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash; - amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash; - uy vazifalarini bajarish va boshqalar; Nazorat ishlarini bajarilishi va jihozlash Nazorat ishi bajarilishi jarayonida turli manbalardan axborotlar yig'ish va ularni jamlashda, yozma ravishda o'zining fikrini bayon etishda, auditoriya oldida o'zining ravon nutqi bilan chiqishda talabaning malakasi shakllanadi va oshadi. 6 Talaba kutubxonalarda faqat adabiyotlar bilan ishlashda cheklanmasdan, moliya organi, g`aznachilik, budjet tashkilotlari, jurnal, ro'znoma va internet saytlari ma'lumotlaridan foydalanishini bilish lozim. Shuningdek, har bir talaba olingan zaruriy ma'lumot va axborotlarni to'g'ri va aniq tahlil qilishi muhimdir. Nazorat ishlarning keng tarqalgan shakli taqdimotdir. Taqdimotni adabiyotlarni o'rganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, o'z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak. Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga o'rganadi. Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta o'zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja tuziladi va shu reja asosida mavzu yoritiladi. Nazorat ishi taqdimot ko'rinishida bo'lsa, u Power Point dasturida tayyorlanadi va unda titul varog'i, mavzu, reja va slaydlardan iborat bo'lishi kerak. Nazorat ishning yana bir shakli "Ilmiy loyiha"dir. Ilmiy loyihani talabalarning ilmiy ish yozishi, tadqiqot o'tkazishini dastlabki shakli sifatida ko'rish mumkin. Ilmiy loyiha (lotincha refero-axborot beryapman) — biror ilmiy asar, o'qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining qisqacha yozma yoki og'zaki bayoni, o'rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar obzorini o'z ichiga olgan ma'lum mavzudagi doklad. Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, budjet ijrosi ma'lumotlari va boshqa materiallarni to'plash, ularni qayta ishlash, ya'ni hisob kitob qilish, tahlil qilish, o'rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko'z bilan qarashni, baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog'lashni o'rganadi. Nazorat ish bajarishda talaba o'rganiyotgan mavzuning mohiyati va mazmunini faqatgina asosiy matnda nazariy jihatdan yoritmasdan, balki mavzu bo'yicha amaliy ma'lumotlardan sxema, grafik, diagramma, jadvallar ko'rinishida tarqatma materiallar tayyorlashlari va ularni tahlil qilish talablari qo'yilgan. Chunki, har qanday mavzuning nazariy qismi amaliy topshiriqlar bilan to'ldirilganda dars samarasi yanada yuqori bo'ladi. Talabalar shuningdek, ayrim mavzular yuzasidan keys stadilar tayyorlashlari talab etilgan. Keys-stadida (inglizcha sase – vaziyat, holat, study -o’rganish) bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi echimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan o’qitish usulidir. Keys-stadi-o’qitish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va Keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o’quv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga 7 keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo’lgan o’qitish texnologiyasidir. Keys-stadilarni tayyorlash tipologiyasi Tipologik belgilari Keys-stadi turi Asosiy manbalari 1. Auditoriyada 2. Auditoriyadan tashqari Syujet mavjudligi 1. Syujetli 2. Syujetsiz Keys ob’ekti 1. Shaxsiy 2. Tashkiliy-institutsional 3. Ko’p sub’ektli Hajmi 1. Qisqa (lo’nda) 2. O’rtacha miqdordagi 3. Katta (uzun) O’quv topshirig’ini taqdim etish usuli 1. Savolli keys-stadi 2. Keys-stadi topshiriq Didaktik maqsadlari 1. Muammo, echim yoki kontseptsiyani izohlash 2. Tahlil va baholashga o’rgatuvchi 3. Muammoni ajratish va echish, boshqaruvchilik qarorlari qabul qilishga o’rgatuvchi 4. Vaziyat sub’ekti rivojining yangi strategiyalari va yo’llari, yangicha baholash uslublari va shu kabilarni ishlab chiqishga rag’batlantiruvchi “Moliyaviy hisobot va hisobdorlik” fani bo’yicha nazorat ishlarini bajarish hamda o'zlashtirish uchun qo'yilgan talablar: - bir mavzuni yoritishda talaba faqatgina ilmiy adabiyotlardan emas, balki ham ilmiy maqolalar, ham axborot vositalari, ham internet tarmoqlaridan birgalikda foydalanishi lozim; - o'rganilayotgan mavzu bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribalari qay darajada ekanligiga e'tibor berilishi lozim; - ilmiy loyiha va referat reja asosida va talab darajasida tayyorlangan bo'lib, har bir reja bo'yicha talaba o'z fikr mulohazalarini bayon etishi shart; - nazorat ishini bajarishda har bir mavzu rejalar asosida yoritilishi shart, bitta savol uning javobi, keying savol uning javobi va hokazo, tartibiga rioya qilish zarur. 8 - mavzuni yoritishda keltirilgan ma'lumotlar aniq va to'g'riligiga ishonch hosil qilish uchun manbasi ko'rsatilishi shart; - fan o’qituvchisining ko’rsatmasi asosida har bir talaba savollar to’plamidan iborat o’z variantini aniqlab oladi. Bu topshiriqlar talabalariga yo’l-yo’riqlar berish davrida amalga oshiriladi. - har bir variantda o’qitiladigan fanning turli boblariga oid 3 tadan savollar kiritilgan. - nazorat ishi savollariga javoblar uchun zarur ma’lumotlarni saqlovchi darsliklar ro’yxati keltirilgan. - nazorat ishi daftarda (kamida 12 varaqli) bajariladi. Uning sirtqi varag’ida talabaning ismi, familiyasi, ta’lim yo’nalishi, bosqichi, nazorat ishi bajariladigan fan nomi, yashash uyi manzili yoziladi. - nazorat ishi talabaning o’z dastxatida bajarilishi lozim. - talaba bajargan nazorat ishini nazariy amaliy ta’lim va attestasiyalarga chaqiriladigan muddatga qadar bo’limga yuborilishi lozim. - nazorat ishi savollariga talaba tomonidan qoniqarsiz javoblar yozilganda (2 baho) baholanadi va uni qayta ishlash uchun qaytariladi (yoki qo’shimcha javoblar bilan to’ldiriladi). - fan bo’yicha nazorat ishini bajarmagan talaba nazariy amaliy ta’lim va attestasiyalarga ruxsat etilmaydi. Nazorat ishlarining namunaviy mavzulari 1. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi konsepsiyasining zaruriyligi va tashkil qilish asoslari 2. Moliyaviy hisobot va hisobdorlik tuzishning xuquqiy-me’yoriy asoslari 3. O’zbekiston Respublikasi korxonalarida hisob siyosatining o’ziga xos xususiyatlari. 4. Moliyaviy hisobot va hisobdorlikning shakllari. 5. Moliyaviy hisobot va hisobdorlikning xalqaro standartlariga o’tishning yutuq va muammolari 6. Korxona oborotidan vaqtinchi yoki butunlay chetlashtirilgan mablag’lar 7. Buxgalteriya balansining tuzilishi, mazmun va mohiyati. 8. Xo‘jalik jarayonlari natijasida balansdagi o‘zgarishlar 9. Respublikamiz korxonalarida tuzilayotgan balanslar bilan xorijiy davlatlarda tuzilayotgan balanslar o‘rtasidagi umumiy bog‘liqlik. 10. Korxonaning boshqa moliyaviy majburiyatlari va hisobi. 11. Buxgalteriya hisobining schyotlari va uning tuzilishi 12. Ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxini aniqlash usullari. 13. Ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi 14. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularni hisobga olish vazifalari 15. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)larni hisobga olish 16. Kalkulatsiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida 9 17. Tannarxni hosil qiladigan xarajatlar, ularni iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turkumlanishi 18. Xo‘jalik jarayonlarining asosiy ko‘rsatkichlari va ularning ahamiyati. Xo‘jalik jarayonlari turlari: ta’minot, ishlab chiqarish, sotish. 19. Ta’minot jarayonining hisobi. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi. 20. Sotish (realizasiya) jarayonining hisobi. Hujjatlar va ularning buxgalteriya hisobida tutgan o‘rni 21. Hujjatlarning turlari, rekvizitlari va ularning rasmiylashtirish tartibi. Hujjatlarning aylanishi 22. Inventarizatsiya haqida tushuncha va natijasini rasmiylashtirish1. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushunchava ularning ahamiyati 23. Buxgalteriya hisobi shakllari, memorial-order shakli. Buxgalteriya hisobining bosh jurnal va jurnal-order shakllari 24. Buxgalteriya hisobining «Elektron-avtomatlashtirilgan» shakli 25. Buxgalteriya hisobining anglo-amerika tizimi 26. Hisob siyosati va uning xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatidagi ahamiyati 27. Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotining tarkibi va turlari 28. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va ahamiyati 29. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo‘yicha me’yoriy huquqiy asoslar 30. Buxgalteriya hisobining janubiy amerika tizimi. Buxgalteriya hisobining shakllanayotgan xalqaro tizimlari. Talabalarga eslatma! Nazorat savollaridan faqat talaba guruh jurnalidagi tartib raqamidagi quyidagi jadval asosida belgilab berilgan variantdagi savollar bo’yicha javoblarni fan o’qituvchisiga o’z vaqtida topshirishlari talab qilinadi. № Variant Nazorot savollari raqami 1. 1-variant 1 30 15 2. 2-variant 2 29 16 3. 3-variant 3 28 17 4. 4-variant 4 27 18 5. 5-variant 5 26 19 6. 6-variant 6 25 20 7. 7-variant 7 24 21 8. 8-variant 8 23 22 9. 9-variant 9 22 23 10. 10-variant 10 21 24 11. 11-variant 11 20 25 12. 12-variant 12 19 26 13. 13-variant 13 18 27 14. 14-variant 14 17 28 15. 15-variant 15 16 29 10 16. 16-variant 16 15 30 17. 17-variant 17 14 1 18. 18-variant 18 13 2 19. 19-variant 19 12 3 20. 20-variant 20 11 4 21. 21-variant 21 10 5 22. 22-variant 22 9 6 23. 23-variant 23 8 7 24. 24-variant 24 7 8 25. 25-variant 25 6 9 26. 26-variant 26 5 10 27. 27-variant 27 4 11 28. 28-variant 28 3 12 29. 29-variant 29 2 13 30. 30-variant 30 1 14 Nazorat ishi uchun tanlangan mavzuni mustaqil o’zlashtirish Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim. Nazorat ishini bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzu bo’yicha Loyiha ishi, taqdimot va slaydlar, keys stadilar tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o’qituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn bo’limdan tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilib? kafedraga yo’naltiriladi va tegishli tartibda talaba tomonidan himoya qilinadi. Nazorat ishlarni baholash tartibi Talabalarning reyting asosida baholash tizimida nazorat ishining bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, nazorat ishining talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki Ilmiy loyiha ishlariga qo‘yilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me’zonida nazarda tutiladi. “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidan nazorat ishlarini baholashda: talabalarning shaxsiy individual xususiyatlari, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllanishi, auditoriya va auditoriyadan tashqarida olingan bilimlari, shuningdek 11 ijodiy qobilyatlarini hisobga olgan holda yondashish maqsadga muvofiq. Nazorat ishlarini 5 ballik baholash mezoni amal qiladi. Nazorat ishlarini baholash mezonlari Baho Ijodiy tadqiqot ishlari va tanqidiy sintez elementlari bayon qilingan, izchil va tizimli ravishda muammoning yechimiga qaratilgan tadqiqot jarayoni amalga oshirilgan, nazorat ishini bajarishga ijodiy yondashilgan, tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan 5 Nazorat ishi ilmiy yondashuvlar ahamiyatiga ko’ra tabaqalashtirilgan, tadqiqot ob’ekti va predmeti to’g’ri tanlangan, iqtisodiy tahlil metodlaridan samarali foydalanilgan holda nazorat ishini bajarishga ijodiy yondashilgan 4 Nazorat ishida na’munalarga asoslangan holda mantiqiy yechimlar keltirilgan, rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlash elementlari aks ettirilgan, nazorat ishini bajarishga ko’rsatmalar asosida yondashilgan 3 Nazorat ishi e’tiborsiz, noaniqliklar bilan bajarilgan, tadqiqot muammosiga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilmagan 0-2 FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Asosiy adabiyotlar 1. Abdusalomova N. B., Temirov F. T. Moliyaviy hisob Darslik - «lnnovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» 2021 yil. 374-bet. (Ushbu kitob universitet ARMda PDF variantda mavjud) 1. Urazov K.B., Moliyaviy hisob va hisobot. O‘quv qo‘llanma. – T.: Innovatsion rivojlanish matbaa uyi, 2020, 408 b. 2. Urazov K.B., Po‘latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. – T.: Innovatsion rivojlanish matbaa uyi, 2020, 558 b. 3. Libby, Robert. Financial accounting / Robert Libby, Patricia A. Libby, Daniel G. Short. Irwin, Printed in USA, 11th edition, 2022. 877 p.; 12 Qo’shimcha adabiyotlar 1. R.O.Xolbekov. Xalqaro buxgalteriya hisobi –T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» – 2021, 138 bet. (Ushbu kitob universitet ARMda PDF variantda mavjud) 2. Ergasheva Shaxlo Turgunovna Mejdunarodnыe standartы finansovoy otchyotnosti. Iqtisodiyot. Darslik. 2021 yil. 210-bet. (Ushbu kitob universitet ARMda PDF variantda mavjud) 3. Ergasheva Shaxlo Turg‘unovna "Mejdunarodnыe standartы finansovoy otchyotnosti". Darslik. LAP LAMBERT Academic Publishing 2021 yil. 210-bet. Ushbu kitob universitet ARMda PDF variantda mavjud) 4. Xolbekov R.O. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik.-T.: Cho'lpon nomidagi nashriuot-matbaa ijodiy uyi, 2011. - 200 b. Ushbu kitob universitet ARMda PDF variantda mavjud) Axborot manbaalari 1. http://www.mineconomu.uz – O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining sayti. 2. http://www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining sayti. 3. http://www.soliq.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining rasmiy sayti. 4. http://www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasining rasmiy sayti. 5. http://www.uzaudit.uz – O’zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasi rasmiy sayti. 6. http://www.naab.uz – O’zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy asosiatsiyasining rasmiy sayti. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling