Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
izlashmoqda...
* * * Botiniylikdan zohiriylikka o‘tishga olib keluvchi hamma narsa ijoddir. * * * Aflotun o‘limidan oldin tushida oqqushga aylanib, daraxtdan-daraxtga uchib yurganini, qush ovlovchilar esa uni tutolmay sarson ekanliklarini ko‘radi. Suqrotning shogirdi bo‘lmish Simmiy bu tushni ta’birlab, qush ovlovchilar o‘tmishdagi daholarning fikrlarini sharhlovchi kimsalar ekanini, Aflotunning bir yo‘la ham tabiiy, ham axloqiy, ham ilohiy sifatlarini jam etgan fikrlarini izohlashga ularning qurbi yetmasligini aytadi. * * * Aflotun kelgusi avlodlarga hech qachon eskirmaydigan mana bu o‘gitni meros qoldirgan: «Haqiqiy va to‘g‘ri fikrlay oluvchi faylasuflar davlat tepasiga kelmaguncha yoxud hukmdorlar ilohiy iqtidorlari ila tom ma’nodagi faylasuflik maqomiga ko‘tarilmagunlariga qadar insoniyat yovuzlikdan qutulolmaydi». * * * Boshiga kulfat tushgan mustabid hukmdor Dionisiydan Aflotunning donishmandligi unga nima bergani haqida so‘rashdi. Sitsiliya hukmdori shunday javob berdi: — Nahotki men Aflotundan hech nima olmaganga o‘xshasam?! Axir, taqdir zarbasini xotirjamlik bilan qarshi oldim-ku! * * * Aflotun Katta Dionisiyning mustabid hokimiyatini aslzodalar hukumatiga aylantirish maqsadida uning huzuriga bordi. Uning maqsadidan xabar topgan Dionisiy so‘radi: Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 45 — Ayt-chi, Aflotun, eng baxtli odam kim? — Suqrot, — deb javob berdi Aflotun. — Seningcha, hukmdorning eng asosiy vazifasi nimadan iborat? — yana so‘radi Dionisiy. Aflotun dedi: — Qo‘l ostidagilarni yaxshi xulqli qilib tarbiyalashdan iborat. Dionisiy uchinchi savolini berdi: — Ayt-chi, nahot odil sud hech narsaga arzimasa? O’sha davrlarda Dionisiyning hukumat sudi o‘z odilligi bilan dong taratgandi. Biroq Aflotun sir boy bermay, bu savolga shunday javob qaytardi: — Arzimaydi. Chunki odil hakamlar yirtilgan ko‘ylakni tikib qo‘yadigan yamoqchiga o‘xshaydi. — Seningcha, mustabid hukmdor bo‘lish uchun jasurlik sifati zarurmi? — so‘nggi savolini berdi Dionisiy. — Aslo, — dedi Aflotun, — mustabid hukmdor aslini olganda eng qo‘rqoq odamdir. U hatto sartaroshning ustarasidan ham cho‘chiydi. Bu javobdan g‘azabga kelgan Dionisiy Aflotunga shu kuniyoq Sitsiliyani tark etishni buyurdi. * * * Aflotun falsafaga ta’rif berib, quyidagi misralarni yozib qoldirgandi: — Olamda bilimdan kuchli narsa yo‘qdir. Bilim har qanday huzur-halovatdan ham, boshqa narsalardan ham zo‘rroqdir. * * * Falsafa bilan mashg‘ul bo‘ling. Shuningdek, yoshlarda ham falsafaga rag‘bat uyg‘oting. * * * Haqiqatni anglashga intiluvchilar chin faylasuflardir. * * * Hayrat faylasuflarga xos sifat. Ana shu sifat falsafaning ibtidosi sanaladi. * * * Donishmandlar ham, johillar ham falsafa bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Donishmandlar bilan johillar oralig‘idagi odamlargina haqiqiy faylasuf bo‘la oladilar. * * * Qanchalik noyob qobiliyatli va o‘tkir zehnli bo‘lmasin, falsafaga moyillik hissini tuymagan odam u bilan yaqinlasholmaydi. Zero, falsafa begona qalblarda ildiz otolmaydi. * * * Falsafa bilan yoshlikda, me’yorida mashg‘ul bo‘lmoqlik joiz. Bu qoidaga amal qilmaganlarni halokat kutadi. Har qancha zakovatli bo‘lmang, yoshingiz bir joyga borib qolganda umringizni falsafaga bag‘ishlasangiz, hurmat-e’tiborli inson bo‘lish tajribasidan ayrilib qolasiz. Bunday holatda odamlar bilan biror ish yuzasidan suhbatlashishga qiynalasiz, ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo‘lolmay, umuman, oddiy insoniy muomala va odobni o‘zlashtirolmay aziyat chekasiz. Natijada qanday ishga kirishmang va qanday amalni bajarmang — xoh shaxsiy, xoh davlat miqyosidagi faoliyatingizda xuddi falsafiy suhbat va munozaraga aralashgan hukumat kishisi kabi barchaga kulgi bo‘lasiz. * * * |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling