Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
50 * * * Bir odam qog‘ozga yozilgan uzundan-uzoq ma’ruzasini o‘qib berardi. Qog‘oz o‘ramining oxiridagi yozuvsiz joyga ko‘zi tushgan Diohen xitob qildi: «Bardam bo‘linglar, birodarlar, sohil ko‘rinayapti!» * * * Qaysi vaqtda nonushta qilmoqlik lozimligi xususida savol bergan odamga Diohen shunday javob beradi: «Agar badavlat bo‘lsang, istagan vaqtingda, qashshoq bo‘lsang, qurbing yetgan vaqtda nonushta qilishing mumkin». * * * Kimdir Diohenning quvg‘in qilinganini yuziga solib kamsitganda, u shunday dedi: «Ey, badbaxt. Axir, ana shu quvg‘in tufayli men faylasuf bo‘loldim-ku!» * * * Diohen bir haykalning qarshisiga kelib tilana boshladi. Undan nega bunday qilayotganini so‘rashganda: «O’zimni rad javobiga ko‘niktirmoqchiman», — deb javob qildi. * * * Diohendan nima sababdan odamlar faqat qashshoqlarga xayr-ehson berishlari, faylasuflarga esa hadyani ravo ko‘rmasliklari haqida so‘rashdi. Faylasuf shunday javob berdi: «Chunki odamlar qachonlardir oqsoq yoki so‘qir bo‘lib qolishlarini, lekin hech qachon donishmandga aylanmasliklarini yaxshi bilishadi-da!» * * * Iskandar Zulqarnaynning otasi Makedoniya hukmdori Faylaqus (Filpp) Korinfga qarshi yurish boshlaganini va u yerda o‘ziga qarshi tayyorgarlik ketayotganini e’lon qildi. Shunda Diohen o‘zi yashaydigan xumni u yoqdan-bu yoqqa yumalata boshladi. «Nega bunday qilayapsan, Diohen?» deb so‘raganlarida: «Hozir hamma o‘ziga yarasha tashvish bilan yugurib yuribdi. Ana shunday bir paytda mening bekor o‘tirishim yaxshi emas. Xumni dumalatishimning boisi, bisotimda shundan boshqa narsam yo‘q!» * * * Bir «sakrovchi» Diohenga dedi: «Eh, esiz, shunday baquvvatligingga qaramay, Olimpiya bellashuvlarida qatnashmaysan-da. Agar qatnashganingda, albatta, birinchi o‘rinni olgan bo‘larding». — Men Olimpiya bellashuvlaridan ham muhimroq musobaqalarda qatnashaman, — dedi faylasuf. — Qanday musobaqa u? — tushunolmay so‘radi «sakrovchi». Diohen ta’naomuz bosh chayqab dedi: — Axir, yaxshi bilasiz-ku, men yomon xulqlar bilan bellashaman. * * * Diohenning shunday hikmatli rivoyati bor: — Behisob boylik egasi bo‘lgan bir odam yer yuzidagi barcha davlatlardan mansabi, yoshi, jinsi, tili turlicha bo‘lgan mehmonlarni chorlab, katta ziyofat berdi. Bu saxiy zot mehmonlarning har birini o‘z didiga mos tansiq taomlar bilan siyladi. Mehmonlar rohatlanib ovqatlanib, uy sohibiga minnatdorchilik bildirishdi. Ammo mehmonlar orasidan bir odam oldiga qo‘yilganiga qanoat qilmay, qo‘shnilarining, ojiz hamda zaif kimsalarning, hatto go‘daklarning ovqatiga chang soldi. U burnidan chiqquncha og‘ziga ovqat tiqishtiraverdi... Qissadan hissa shuki, behisob boyliklar egasi va muruvvatli odam — tabiatdir, ziyofatga kelgan mehmonlar — yer yuzidagi barcha xalqlar, ochko‘z odam esa o‘zidan ojizlarning barcha narsasini tortib olguvchi badavlat kimsalardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling