Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

www.ziyouz.com кутубхонаси 
105
* * * 
Tafakkur — qalbdir yoki u qalbda makon topgan. 
* * * 
Haqiqat va yolg‘onni ajratish juda mushkul ish. Shu bois adashgan odamlardan ranjish yaramaydi. 
* * * 
Menimcha, haqiqat yolg‘iz Xudoga ayon. Inson ruhi ham haqiqatni bilishga qodir. Ammo buning 
uchun u zimiston tanadan chiqmog‘i lozim. 
* * * 
Adolat tark etgan saltanatning qaroqchilar o‘rdasidan farqi qoladimi? 
* * * 
Inson tug‘ilgan onidanoq o‘lim sari yuz tutadi, aniqrog‘i, u bir vaqtning o‘zida ham yashaydi, ham 
o‘la boshlaydi... 
* * * 
Men buyruqbozlarga emas, o‘rgatuvchilarga ko‘proq ishonish kerakligini anglab yetdim. 
* * * 
Bo‘yin egib tavba-tazarru qilgan ruh yuksaklarga ko‘tariladi. 
* * * 
So‘zlarimga ishonish uchun ularning mag‘zini chaq. Xudoni anglamoq uchun esa Uning so‘zlariga 
ishon. 
* * * 
Xudoning o‘zi o‘zgarmaydi-yu, ammo o‘zgaruvchan narsalarni yaratadi. O’zi vaqtdan tashqarida-yu
ammo vaqtinchalik narsalarni bunyod etadi. 
* * * 
Olam yaralmasidan ilgari vaqt ham bo‘lmagan. Uning yaralishi harakatni yuzaga keltirgan. Ana shu 
harakat onlari va olamdagi o‘zgarishlar — vaqt deb ataladi. 
* * * 
Vaqt faqat bizning ruhimizdagina mavjud. O’tmish — xotiramizda, kelajak esa orzu-umidlarimizda 
yashaydi. Kelajakni hozirgi vaqtdagi ba’zi belgilar vositasida ko‘ra olishimiz mumkin. Demak, hozirgi 
vaqtning mohiyati kuzatish, mushohada yuritishdan iboratdir. 
* * * 
Biz barcha mo‘‘jizalarni tabiatga zid hodisalar deb ataymiz. Lekin aslida bunday emas. Axir 
Yaratguvchining irodasi bilan yaratilgan narsalar qanday qilib tabiatga zid bo‘lishi mumkin. 
* * * 
Sukunat — shovqinning, yalang‘ochlik — libosning, xastalik — salomatlikning, zulmat — 
yorug‘likning yo‘qligidan darak berganidek, yovuzlik ezgulikning yo‘qligini bildiradi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
106
* * * 
Biz nimadan tashkil topganmiz? Ruh va jismdan. Ularning qay biri a’lo? Albatta, ruh yaxshiroq. 
* * * 
Mukammallik insonning o‘zidagi nomukammallikni anglamog‘i demakdir. 
* * * 
Vaqtinchalik narsalarga bo‘lgan ishtiyoqni mangu narsalarning mazasini tatib ko‘rish yordamida 
so‘ndirish mumkin. 
* * * 
Keyinroq tushunib yetish mumkin bo‘lgan narsalarga avvaldan ishonmaydigan odam hech qachon 
Xudoga yetisha olmaydi. 
* * * 
Tushunmoq uchun ishonmoq darkor. 
* * * 
Zulm inson tomonidan sodir etiladigan va u boshidan kechiradigan narsadir. Sodir etiladigani — 
gunoh, boshdan kechiriladigani — jazo... Inson o‘zi istagan holda zulmni sodir etadi, istamagan holda 
uni o‘z boshidan kechiradi. 
* * * 
O’zgalar seni olqishlaganda, sen o‘zingdan nafratlan. Seni sen orqali harakat qilmoqchi bo‘lganlar 
olqishlaydi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling