Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


— senat raisi Boetsiy ham chetda qolmasdi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

— senat raisi Boetsiy ham chetda qolmasdi. 
Boetsiyning senatda so‘zlagan matonatli nutqi uning dushmanlariga yaxshi dastak 
bo‘ldi. Hasadgo‘ylar hukmdor Teodorixning huzuriga borib, Boetsiyni yolg‘on guvohlik 
berganlikda va... falsafa bilan mashg‘ullikda(!) aybladilar. 
Boetsiy ma’ruzasining senat tomonidan sukut bilan qo‘llab-quvvatlanishi sershubha 
Teodorixni xavotirga solib qo‘ydi. Ustiga-ustak, saroydagi adovatchi va fitnachi kimsalar 
Teodorixning shubhalarini yanada alangalatib, Boetsiy va uning to‘garakdosh do‘stlariga 
qarshi turli tuhmatlar, ig‘vo-bo‘htonlar tarqatishdi. 
Tuhmatchi va g‘alamis mansabdorlarning bo‘htonlari hukmdor Teodorixni talvasaga 
solib qo‘ydi. U yuzidagi ma’rifatparvar hukmdor niqobini yechib tashlashga majbur bo‘ldi. 
U asliga — qonxo‘r, johil podshohga aylandi. Uning buyrug‘iga muvofiq, Albin va Boetsiy 
xiyonatkorlikda ayblandilar. Senatorlar qo‘rquv ostida bu ayblovni tasdiqlab, qo‘llab-
quvvatlashdi. Boetsiy va Albin hibsga olindilar. Albin tez orada qatl etildi. Boetsiyni esa 
bir necha oy zindonda saqlab, so‘ng dorga osishdi. Oradan ikki yil o‘tgach, hukmdor 
Teodorix ham o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, olamdan o‘tdi. 
Boetsiy zindonda hukm ijrosini kutib, «Falsafa tasallisi haqida» asarini yozib tugatdi. 
* * * 
Tuhmatchilar menga bo‘hton qiladilar. Men bu bo‘htonga bo‘ysunamanmi? Yo‘q. Chunki itoatgo‘ylik 
tuhmatchilar bilan kurashmoqdan voz kechish demakdir. 
* * * 
Ne sababdan taqdir meni — aybsiz bir kimsani quruq tuhmatga duchor etib, tuhmatchilarning 
pastkashligiga yo‘l ochib berishdan uyalmadi? 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
108
* * * 
Yaqin kishilarimizga yomonlik tilash, shubhasiz, bizning qusurimiz. Lekin yovuz kimsa tomonidan 
aybsiz odamga qarshi fitnaning amalga oshirilishi Tangri nazdida ham eng katta qabihlik bo‘lib 
ko‘rinishi kerak. Chunonchi, quyidagi mashhur savollarga qaytish adolatdandir: «Agar Tangri mavjud 
bo‘lsa, yovuzlik qaerdan paydo bo‘ladi? Agar Tangri yo‘q bo‘lsa, ezgulik qaydan keladi?» 
* * * 
Yomonlik jazosiz qolmaydi. Holbuki, bu illatga ega bo‘lishning o‘ziyoq — eng birinchi jazo. 
* * * 
Imkon tug‘ilgan yerda ishonch va tafakkurni birlashtiring. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling