Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Forobiy 950 yilda hayotdan ko‘z yumdi va Damashq shahrida dafn etildi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

Forobiy 950 yilda hayotdan ko‘z yumdi va Damashq shahrida dafn etildi. 
* * * 
Forobiy shunday yozadi: «Agar saltanat har qanday talabga javob bersa-yu, ammo uni 
donishmandlik tark etsa, mamlakat hukumatsiz qoldi, deyavering. Bu mamlakatni boshqaruvchi 
hukmdor ham o‘z mavqeini butkul yo‘qotadi. Mamlakat esa halokatga yuz tutadi». 
* * * 
Agar hukmdor odamlarni o‘ziga bo‘ysundirish, itoat ettirish, ularni butkul o‘z izmiga solib, nima 
istasa, nimani buyursa, shuni so‘zsiz bajo keltirishlari uchun jang qilsa, bu adolatsiz kurashdir. Agar 
hukmdor kimdandir ustun turish maqsadida jang qilsa, bu ham adolatsiz urush hisoblangusidir. Bordi-
yu, hukmdor kimnidir yoki kimlarnidir o‘z g‘azabini qondirish yoxud shunchaki huzurlanish uchun 
o‘ldirsa, bu harakat ham adolatsizlik sanaladi. 
* * * 
Fuqarolar bilan muloqot usullari va ularga ta’sir o‘tkazish yo‘llari sodda va tushunarli bo‘lmog‘i 
lozim. Aks holda odamlar hukmdorni tushunmaydilar yoki uning talabini bajarolmaydilar. Hukmdorlar 
dorini bemorning sevimli va ko‘p tanovul qiladigan taomiga qo‘shib ichiradigan mahoratli tabibga 
o‘xshamoqlari lozim. Zero, mehru muhabbat va rag‘batlantirishlar fuqarolar bilan muomalaning eng 
asosiy usulidir. 
* * * 
Hukumat rahbarida quyidagi 12 ta tug‘ma sifatlar jam bo‘lmog‘i joiz: xushbichimlik, fahm-
farosatlilik, o‘tkir xotira, idroklilik, so‘zga chechanlik, ilmga chanqoqlik, har bir ishda me’yorni saqlay 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
110
bilish, halollikka muhabbat va yolg‘onga nafrat, olijanoblik, boylikka nafrat, adolatparvarlik, qat’iylik. 
* * * 
Bir kuni Forobiydan so‘radilar: 
— Kimning bilimi kuchliroq: senikimi yo Arastunikimi? 
Forobiy shunday javob qaytardi: 
— Men o‘sha zamonda yashab, u bilan uchrashganimda va uning qo‘lida tahsil olganimda edi
uning eng yaxshi shogirdlari safidan joy olgan bo‘lardim. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling