Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

www.ziyouz.com кутубхонаси 
111
ABULQOSIM FIRDAVSIY 
(934 (taxminan) -1024 yillar)
Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy Xuroson viloyatining Tus shahrida kambag‘al oilada 
dunyoga keldi. 
Firdavsiy keng qamrovli va chuqur ilm egasi bo‘lib yetishdi. Shu bois uni «hakim», 
«donishmand» deb ulug‘laganlar. Shoir ijodining ayni gullagan davrida G’azna shahrida 
(hozirgi Afg‘oniston hududi) — turk sultoni Mahmud G’aznaviy saroyida yashab, ijod 
qildi. 
Firdavsiy Mahmud G’aznaviyga bag‘ishlab mashhur «Shohnoma» asarini yozdi. Lekin 
bu asar Mahmud G’aznaviy tomonidan yetarli qadrlanmadi. 
Rivoyat qilishlaricha, sulton G’aznaviy Firdavsiyning yozilajak «Shohnoma» asarining 
har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni va’da qiladi. 60.000 baytdan iborat asar 
tayyor bo‘lgandan keyin esa G’aznaviy va’dasidan qaytadi. Firdavsiyga G’aznaviy karvon 
orqali berib yuborgan tangalarning hammasi kumush bo‘lib chiqadi. Bundan qattiq 
ranjigan shoir tangalarning bir qismini karvondagilarga, boshqa qismini hammollarga 
ulashadi. Tangalarning qolgan hammasiga esa yaxna ichimliklar sotib oladi. Uning bu 
harakatlari hukmdorga qarshi norozilikning yaqqol ifodasi edi. Sulton G’aznaviy shoirni 
filning oyoqlari ostiga tashlab, jazolash haqida farmon beradi. Firdavsiy tug‘ilgan yerini 
tashlab, musofirlikda hayot kechirishga majbur bo‘ladi. 
* * * 
G’am-qayg‘u ham, huzur-halovat ham aqldandir. Ulug‘vorlik va buzilish ham aqldandir. 
* * * 
Sen donishmandning mana bu so‘zlarini tinglaganmisan? U haqiqatsevarlarga shunday ta’lim 
beradi: «O’ylamasdan qadam bosib, xatoga yo‘l qo‘ygan kas pushaymon bo‘ladi. U donolar nazdida 
ahmoqqa, yaqinlari nazdida begonaga aylanadi». 
* * * 
Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, 
quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali 
qalbga kirib boradi. 
* * * 
Ne sababdan uzoq umr ko‘rmoq tilaysan? Bilasan-ku, baribir olam sirlarini hech qachon anglab 
yeta olmaysan. 
* * * 
Yovuzlik hukmron bo‘lgan saroyning qonuni shunday: yo sen egarda o‘ltirursan, yo senga egar 
o‘rnaturlar. 
* * * 
Ko‘hna olam udumi shunday: sirlar dengizida suzaveramiz-u, lekin hech qachon qirg‘oqni 
ko‘rolmaymiz. 
* * * 
Donishmand dedi: «Ochko‘zlik va muhtojlik — mangu bedor ikki iblis». 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
112
* * * 
Parvoz qanchalar yuksak bo‘lsa, qulash shunchalik dahshatlidir. 
* * * 
Aqlli so‘z dur-javohirlaru toj-taxtdan ham qimmatliroqdir. 
* * * 
Ey hukmdor, idrokli, saxiy, adolatli bo‘l. Elning baxti hukmdorning baxtidir. 
Ey hukmdor, yolg‘onni toj-taxtga yaqinlashtirma. Doimo haqiqat yo‘lini tut. 
Ey hukmdor, ezgu ishlar uchun mablag‘ni ayama. Yuragingga bir lahza ham qo‘rquvni yo‘latma. 
Aks holda qo‘shni shoh dadillanib, bosh ko‘targay. Bu serkulfat hayotda dono va bardam bo‘l. Yuz 
bergan har bir hodisaga munosib baho bera bil. Yana shuni bilgilki, kim osmon qadar bag‘ri keng, 
saxiy bo‘lsa, o‘sha sultonlikka loyiqdir. Nodon maslahatchilardan saqlan. Tuban kishilarning so‘zlariga 
quloq osma: ularning yuragida hasad mujassam. Siringni hatto eng yaqin odamingga ham aytma, aks 
holda kulfatlarning keti ko‘rinmay qolur. O’zini hammadan ustun qo‘yuvchilarni mashvaratga 
yaqinlashtirma. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling