Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Faylasufning 3000 nafar shogirdi bo‘lgan. Ulardan 72 nafari esa hech qachon ustozlarini
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
Faylasufning 3000 nafar shogirdi bo‘lgan. Ulardan 72 nafari esa hech qachon ustozlarini
tark etishmagan. Konfutsiy 66 yoshiga qadar mamlakatni kezib, o‘z ta’limotidan caboq bergan. U mazkur amalni 30 yoshida boshlagandi. * * * Yagona va eng mudhish xato avvalgi xatolarni tuzatmaslikdir. * * * Kunlardan bir kun xitoy donishmandi Konfutsiyning sevimli shogirdi Szi-Gunga bir tanishi: «Sen Konfutsiydan ko‘ra bilimliroq va aqlliroqsan», — deganda Szi-Gun unga shunday javob berdi: «Donolik misli bir devor bo‘lsa, mening devorim odam bo‘yidan oshmaydi. Shuning uchun har bir odam osongina bu devor ortiga mo‘ralab, nimalar borligini bilib olishi mumkin. Ustoz esa misli bir necha sarjin (bir sarjin — 2,13 metr) balandlikdagi devordir. Bu devorning darvozasini topolmagan kishi uning ortidagi go‘zal ehrom va muhtasham qasrlarni hech qachon ko‘rolmaydi». * * * Konfutsiyning o‘zi bilan deyarli tengdosh Szi-Lu ismli barvasta, jizzaki va o‘taketgan shuhratparast shogirdi bo‘lgan. Bu yigit Syuyfuga chekka qishloqdan omad izlab kelib, o‘zining qo‘pol qiliqlari bilan poytaxt ahlining e’tiborini tortgan edi. Bir kuni u odob va nazokatni unutib, Konfutsiyga luqma tashladi: «Muhtaram zot, siz shunchalar dono ekansiz, hiyla-nayrang ishlatmay savolimga javob bersangiz: qanday qilib kishilarni qo‘rquvga solmay bo‘ysundirish mumkin?» Konfutsiy shunday javob berdi: «Buning uchun sen mehnating bilan ularga o‘rnak bo‘lmog‘ing lozim». Szi-Lu bu so‘zlarni eshitib, xijolat tortdi. Chunki javob aylanib kelib, o‘ziga taqalgandi-da. Lekin bo‘sh kelmay yana savol berdi: «Deylik, men bunga erishdim. Keyin-chi?» — «Bo‘shashmasdan, mehnat qilishda davom et», — dedi Konfutsiy. Szi-Lu javobni eshitib, parishon holda jim qoldi. Shunda Konfutsiy yana so‘zida davom etdi: — Endi savol berish uchun menga ijozat et. Ayt-chi, musiqani sevasanmi? — Men uzun shamshirimni sevaman, — dag‘allik bilan javob berdi Szi-Lu. — Men sendan boshqa narsani so‘radim. O’zingdagi iste’dodni ilm bilan boyitish payti yetmadimikan? — Bilim olishdan qanday foyda bor? — dedi qaysarlik bilan shogird. — O’z fuqarolarini o‘qitmagan podshoh haqiqiy hukmdor bo‘lolmaydi. Do‘stiga nasihat qilib, to‘g‘ri |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling