Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
deb baho berganlar. Benjamin Franklin 84 yoshida vafot etdi va butun Amerika xalqi 30
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
deb baho berganlar. Benjamin Franklin 84 yoshida vafot etdi va butun Amerika xalqi 30
kun motam tutdi. Uning nomi insoniyat ko‘rki, ilm, ozodlik va Vatan uchun beqiyos xizmat ko‘rsatgan daho sifatida «Insoniyatning eng buyuk namoyandalari» ro‘yxatiga kiritilgan. * * * Deyl Karnegi shunday yozgandi: «Agar siz odamlar bilan qanday muomalada bo‘lish, o‘zingizni qanday boshqarish va qaysi yo‘l bilan fazilatlaringizni kamolga yetkazish haqida a’lo maslahatlar olishni istasangiz, Benjamin Franklinning tarjimai holini o‘qing… Benjamin o‘z xotiralarida o‘zidagi eng katta qusur – bahslashish odatini qanday qilib yo‘qotgani va Amerika tarixidagi eng bilimdon, adabli, farosatli odamga aylangani haqida hikoya qiladi…» * * * Ma’naviyatdan mahrum siyosatda qonunlar nima ham qila olardi? * * * O’ylaymanki, fikrlar haqida ularning ta’siri va natijasiga qarab hukm chiqarmoq kerak. * * * Hamma bilan xushmuomala, ko‘pchilik bilan dilkash, ayrimlar bilan esa betakalluf bo‘l. * * * Siz bahsga kirishib, qiziqqonlik bilan suhbatdoshingizning fikrlarini rad etishingiz va g‘olib chiqishingiz mumkin. Lekin bu g‘alaba hech qanday naf keltirmaydi. Chunki hech qachon siz bilan bahslashgan muxolifingizning xayrixohligiga erisholmaysiz. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 181 * * * Uch ko‘chish bir yong‘in bilan teng. * * * Dangasalik zangga o‘xshaydi. Narsalar ko‘p ishlash oqibatida emas, zangdan tezroq yemiriladi. * * * Men asta-sekinlik bilan shunga ishonch hosil qildimki, insonlararo munosabatdagi samimiylik, haqiqatgo‘ylik va haqqoniylik hayotiy baxtga erishishda katta ahamiyatga ega. * * * Tajriba — qimmatli maktab. Lekin ahmoqlar uchun shundan o‘zga maktab bo‘lmasa nima qilish kerak? * * * Agar sen aql-zakovatga quloq tutmasang, u albatta qasos oladi. * * * Navbatdagi istaklarni qondirishdan ko‘ra, birinchisini yengish osonroqdir. * * * Ishlatiladigan kalit doimo yaltillab turadi. * * * Shunday odamlar borki, diniy e’tiqodga ega bo‘la turib, juda notavonlar. Ular bu e’tiqoddan ham mahrum bo‘lsalar, nima qilarkinlar? * * * Biz uchun tabiat o‘z qonunlarini qanday qilib amalga oshirishini emas, balki shu qonunlarning o‘zini bilish muhimdir. Ya’ni, havoga irg‘itilgan chinni idishning yerga tushib sinishini bilish foydali. Lekin: «U qanday qilib yerga tushadi va nima uchun sinadi?» – degan savol ahmoqonadir. Albatta, bu savolga javob topish yoqimli. Ammo biz shusiz ham chinni idishni butun saqlab qola olamiz-ku! Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling