Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

www.ziyouz.com кутубхонаси 
185
MIXAIL VASILEVICH LOMONOSOV 
(1711-1765) 
 
Rus faylasufi Mixail Lomonosov o‘ziga to‘q xonadonda dunyoga keldi. Lomonosov kelib 
chiqishiga ko‘ra mayda savdogarlardan bo‘lgan. 
U Moskva shahridagi slavyan-yunon-lotin akademiyasida, keyin Kievdagi diniy 
akademiyada tahsil oldi. Shundan so‘ng Peterburg Fanlar akademiyasi qoshidagi 
universitetda o‘qidi. 1736-1741 yillarda esa Germaniyada bilim oldi. Uch yil olmon 
faylasufi Xristian Volf qo‘lida falsafa ilmini o‘rgandi. 
Mixail Lomonosov tabiatan mag‘rur, mustaqil fikrlovchi shaxs edi. U har doim vataniga 
biror foyda keltirishga intilib yashagan. 
Lomonosov modda va harakatning saqlanish qonunini kashf etgan. 
Faylasufning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Issiq va sovuqning sabablari haqida 
mulohazalar» (1749), «Jurnalistlarning falsafa erkinligini qo‘llab-quvvatlovchi 
maqolalarni yozish chog‘idagi vazifalari to‘g‘risida mulohaza» (1755), «Yerning 
qatlamlari haqida» (1763). 
1753 yilning 1 martida Lomonosovga imperator Yelizavetaning farmoyishi bilan 
dvoryanlik martabasi beriladi. Shuningdek, Koporsk uezdidan 9 ming botmon yer va 212 
nafar krepostnoy dehqon ajratildi. 
Lomonosov 1765 yilning 4 aprelida vafot etdi. Oradan bir yil o‘tgach, rafiqasi 
Yelizaveta Andreevna ham hayotdan ko‘z yumdi. Faylasufning yolg‘iz farzandi Yelena esa 
kievlik ruhoniy bilan turmush qurdi va 22 yoshida olamdan o‘tdi. 
* * * 
Rivoyatlarga qaraganda, M.Lomonosov Rossiya hukmdori Pyotr I ning (1672-1725 yillari) nikohsiz 
farzandi bo‘lgan. Ma’lumki, Pyotr I ning nimjon, bemehr shahzoda Alekseydan bo‘lak merosxo‘ri yo‘q 
edi. Shu sababli bir kuni Pyotr I mastlikda: «Qaysi sohibjamol menga o‘g‘il tug‘ib bersa, kim 
bo‘lishidan qat’i nazar, uni malika deb e’lon qilaman» deb yuboradi. Bundan foydalangan 
Arxangelskdagi ruhoniy boyvachchalar 1711 yilning 17 yanvarida Ust Tosnoga dam olgani kelgan 
Pyotr I ga xolmogorlik sohibjamol yetim qiz Yelenani «tuhfa» etadilar. Oradan ko‘p o‘tmay, Yelena 
shaxsan Pyotr I ning farmoyishi bilan Dvinsk qishloq oqsoqoli Luka Lomonosovning jiyani Vasiliy 
Dorofeevga unashtiriladi. Pyotr I qo‘shmachi boyvachchalarga: «Agar o‘g‘il farzand tug‘ilsa, unga 
buvasining xotirasi uchun Mixaylo deb ism qo‘ying. O’g‘lim hamda unga otalik qilmish kimsa 
Lomonosov familiyasini qabul etsinlar. Bu oila Luka Lomonosov qaramog‘ida, uning nazorati ostida 
yashasin. Bu sir nihoyatda maxfiy saqlanishi zarurligini unutmang. Bolaning moddiy, moliyaviy 
ta’minotini o‘z zimmamga olaman», — deya amr etgan. 
* * * 
Haqiqat va ishonch mohiyatan ikki tug‘ishgan opa-singil, ilohiy ota-ona farzandlaridir; ular hech 
qachon o‘zaro sen-menga bormaydilar, faqat ba’zi birovlar shuhratparastlik orqasidan 
o‘zbilarmonliklarini ko‘z-ko‘z qilish maqsadida ularning o‘rtasiga nizo soladilar.
* * * 
Xudoning irodasini pargar (tsirkul) yordamida o‘lchashga jazm etgan riyoziyotchi xato qiladi. Ammo 
Injil orqali falakiyot yoki kimyo ilmini o‘rganish mumkin deb o‘ylovchi ilohiyotchi ham nohaqdir. 
* * * 
Amaliyot qonunini falsafiy bilimlar bilan to‘ldirmoq kerak. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling