www.ziyouz.com кутубхонаси
186
* * *
Tabiat tahlili qiyin, ammo yoqimli, foydali va olijanob ish.
* * *
Jismlarning xususiy sifatlarini mexanika qonunlari bilan tushuntirish mumkin.
* * *
Jismlarning mohiyati tortishish va inertsiya kuchida mujassamdir.
* * *
Ko‘pchilikda atomlarga tayanuvchi falsafiy metod yo narsalarning kelib chiqishini tushuntirib
berolmaydi, yoki Yaratuvchini inkor etadi, degan qat’iy ishonch mavjud. Bu xulosalarning har ikkisi
ham xato. Zero, hech bir tabiiy asos materiya va umumiy harakatning mohiyatini aniq-ravshan
hamda to‘liq izohlab berolmaydi, qolaversa, biror-bir tabiiy asos yo‘qki, u qudratli harakatlantiruvchi
kuchning mavjudligini zo‘r berib taqozo etsa.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
187
DENI DIDRO
(1713-1784)
Frantsuz faylasufi Deni Didro Frantsiyaning shimoli-sharqiy qismidagi Langr shahrida
hunarmand oilasida dunyoga keldi. Dastlabki ta’limni 8-9 yoshida Langrdagi diniy
kollejda oldi.
12 yoshida Parijdagi d‘ Arkur nomidagi diniy kollejga o‘qishga yuborildi. Kollejni
tamomlagach, san’at magistri degan unvonga sazovor bo‘ldi.
Otasi Didro ilohiyot ilmining shuhratli namoyandasi bo‘lishini orzu qilgan. Ammo Didro
otasining bu orzusini amalga oshirolmadi. U hayotda o‘z o‘rnini topish uchun uzoq
izlandi. Dastlab prokuror yordamchisi, keyin o‘qituvchi, tarjimon bo‘lib ishladi, och-yupun
holda hayot kechirdi. Otasi esa «bekorchi» o‘g‘liga yordam berishdan butkul voz kechdi.
Deni ko‘pincha tunlari Parij ko‘chalari va xiyobonlarining duch kelgan joyida tunab
qolardi. 1743 yilda Didro savdogarning bevasi, Shamponning qiziga yashirincha uylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |