www.ziyouz.com кутубхонаси
191
LEJE-MARI DESHAN
(1716-1774)
Farang faylasufi Deshan Frantsiyaning Renn (Bretan) shahrida kichik amaldor oilasida
dunyoga keldi. U 17 yoshidan boshlab hayotini Montray-Belle ibodatxonasida o‘tkazgan.
Deshan o‘ta kuzatuvchanligi, o‘tkir aqli va benihoya hurfikrligi bilan boshqalardan
ajralib turgan. U «Hamma narsa», «Bir butun», «Hech narsa» degan tushunchalar ustida
bosh qotirgan birinchi faylasuf edi.
Deshanning ayniqsa, «Hech narsa» haqidagi qarashlari ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan.
«Hech narsa» nima ekanligi haqida hatto oddiy tushunchaning o‘zi yo‘q», — degan
e’tirozga javoban Deshan komil ishonch bilan shunday deydi: «Agar biz bu so‘z haqida
tushunchaga ega bo‘lmaganimizda undan foydalanmas edik. «Hech narsa» doimo u yoki
bu buyum, idishda suyuqlik, hamyonda pul, xonada jihozlarning yo‘qligini bildiradi».
Deshan o‘zining tarixiy vazifasini yaxshi anglar va buni yashirmasdi. «Xulosalarimning
ayrim qismini, — deb yozgandi u, — hamma yerdan, boshqa qismini faqat ba’zi
faylasuflardan topish mumkin. Uchinchi qismini esa hech qaerdan topib bo‘lmaydi».
Montrey-Belle ibodatxonasidan uzoq bo‘lmagan joyda e’tiborli aslzodalardan markiz
Mark-Rene de Vuaye d’ Arjensonning yer-mulki joylashgan bo‘lib, uning saroyda katta
nufuzga ega otasi qomusiy olimlarga homiylik qilardi.
Falsafaga mehr qo‘ygan markiz de Vuaye ko‘pchilik telba deb hisoblaydigan rohib
Deshanning fikrlari bilan qiziqib qoladi va uni o‘z homiyligiga oladi. De Vuaye o‘z
qo‘rg‘onida Deshan ta’limoti bilan tanishtiruvchi to‘garak tashkil etadi. Deshanning
quyidagi asarlari ma’lum:
«Asr ruhi haqida maktub» (1769 yil), «Tafakkur ovozi: savollar
va javoblar» (1770 yil), «Haqiqat yoki haqiqiy tizim».
* * *
Shunisi aniqki, Hamma narsa va Hech narsaning mohiyati aslida bir ekanligi haqida mengacha
hech kim o‘ylab ko‘rmagan, yozmagan, gapirmagan.
* * *
Haqiqat – aslida dunyodagi eng oddiy narsa. Ammo jamiyatdagi tartib-qoidalar nojo‘ya yo‘nalishda
rivojlanayotgani sababli haqiqatdan juda uzoq bo‘lgan haqiqatni ochish uchun ko‘p yillar davomida
fikrlash, bosh qotirishga to‘g‘ri keldi…
* * *
Uzoq vaqt davomida men mavjud Butunlikni, Intihoni o‘rganibman-u, ammo Hamma narsa va
Do'stlaringiz bilan baham: |