www.ziyouz.com кутубхонаси
194
Hamma fanlarning urug‘i inson botinida yashiringan. Inson botini ularning maxfiy manbaidir.
* * *
Tashvishni yoqtirmaydigan kimsalar oddiy va faqirona yashashni o‘rganmoqlari darkor.
* * *
Ko‘pchilik qo‘lidan kelmaydigan ishning amalga oshishiga ishonmaydi.
* * *
Sen faqat bir narsaga: o‘zingni anglashga intil. Tangrining boqiy ovozini tinglamay turib, unga
qalbingdan joy bera olasanmi? Tangrini tanimay turib, uning ovozini tinglay olasanmi? Tangrini
topmay turib, uni taniy olasanmi? O’zingni anglamay, topmay turib, Tangrini topa olasanmi?
* * *
Jismimiz o‘z-o‘zicha hech qanday harakat qilmaydi. U butkul fikrlarimiz quliga aylangan. Uning
sohibi bo‘lgan fikr ertayu kech to‘xtovsiz harakatda, hayajonda. U goh mulohaza yuritadi, goh
maslahat beradi. Nimalarnidir aniqlaydi, nimalargadir majburlaydi. Jismimiz esa boshvoq solingan
ho‘kiz kabi beixtiyor uning izmiga bo‘ysunadi. Shunday qilib, jismimiz emas, balki avvalo fikrimiz
insonligimizni belgilaydi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
195
POL-ANRI GOLBAX (Paul Genrix Ditrix)
(1723-1798)
Frantsuz faylasufi Pol-Anri Golbax Germaniyaning Geydelsteym shahrida savdogar
oilasida tug‘ildi. U baronlik nasabiga mansub edi. Golbax Leyden dorilfununini tugatib,
Frantsiyaga yo‘l oldi va Parij shahrida muqim yashab qoldi. Uning Parijdagi Sen-Rosh
ko‘chasida joylashgan uyi mashhur frantsuz ma’rifatparvarlarining qarorgohi bo‘lgan.
Golbaxning quyidagi asarlari ma’lum:
«Nasroniylikning fosh etilishi» (1761), «Ijtimoiy
tizim» (1713), «Tabiiy siyosat» (1773), «Tabiiy axloq» (1770), «Tabiat tizimi yoxud
fikriy olam va ruhiy olam qonunlari haqida (1770), «Tabarruk maraz» (1768),
Do'stlaringiz bilan baham: |