Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
«Fiziognomika haqida» (1778 yil), «8» raqamli nutq…», «Hikmatlar»
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
«Fiziognomika haqida» (1778 yil), «8» raqamli nutq…», «Hikmatlar».
* * * Shunisi juda achinarliki, odamlarning yovuzlikni kamaytirishga bo‘lgan intilishi juda ko‘p yovuzliklarni keltirib chiqaradi. * * * Har kuni ko‘kka iltijo qilib shunday oliy baxt tilayman: faqat aqlli hamda olijanob odamlargina bilim va qudratda mendan o‘zib ketsinlar. * * * Aftidan, hech kimning baxti to‘kis emasligini yetarlicha yaqqol tasavvur etishning o‘zi ham to‘kis baxtga yetishmoqning yaqin yo‘lidir. * * * Insonning o‘z irodasiga qarshi yashashi ayanchli. Istakka qarshi ravishda barhayot qolish esa undan ham dahshatliroqdir. * * * Hamdardlik ahamiyatsiz sadoqatdir. * * * Inson fe’l-atvorini to‘g‘riroq tushunish uchun boshqa vositalar bo‘lmaganda uni ranjitadigan hazildan foydalanish mumkin. * * * Ko‘pchilik xatolardan qochishni emas, ulardan afsuslanishni ezgulik deb hisoblaydi. * * * O’ziga bino qo‘ygan odamning ustunligi shundaki, uning raqiblari oz bo‘ladi. * * * Qullarcha xatti-harakat faqat qullarning o‘zigagina xos emas. * * * Inson haqida o‘ta murakkab tasavvurda bo‘lma, balki oddiygina mulohaza yurit. Uni o‘ta yaxshi yoki o‘ta yomon deb hisoblama. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 203 * * * Birovni qoralashdan oldin doimo uni oqlash imkoni bor-yo‘qligini o‘ylash kerak. * * * Albatta, men: «Hamma narsa o‘zgacha bo‘lsa yaxshiroq bo‘ladi», — deya olmayman. Ammo shuni tasdiqlaymanki, hamma narsa yaxshiroq bo‘lishi uchun hammasi o‘zgacha bo‘lmog‘i joiz. * * * Ahmoqni donoga aylantirish qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirish singari mushkul ishdir. * * * «Olim» so‘zi zamirida ba’zan faqat bir narsa – ko‘p narsaga o‘rgatilgan, ammo o‘zi hech narsa uqmagan odam to‘g‘risidagi tushuncha yotadi. * * * Hamma narsadan kamida bir marta shubhalan. Hatto «ikki karra ikki – to‘rt» degan oddiy haqiqat ham bundan xoli bo‘lmasligi mumkin. * * * Baxtsizligimizning umumiy manbai shundaki, biz narsalarni qanday qabul qilsak, ular haqiqatan ham shundayligiga ishonamiz. * * * Biz shunday olamda yashaymizki, bitta ahmoq ko‘plab ahmoqlarni, bitta donishmand esa juda oz donolarni yaratadi. * * * Shubha hushyorlikka teng bo‘lmog‘i joiz. Aks holda u xatarli tus oladi. * * * Odamlar ko‘pincha din yo‘lida urush boshlashlari, ammo diniy qoidalarga kamdan-kam hollarda amal qilishlari hayratlanarli emasmi? * * * O’zimizga ma’lum zaifliklarimiz bizga zarar yetkazmaydi. * * * Odamlardan o‘z istagimiz darajasida emas, balki ularning imkoniyatlari darajasida yordam so‘rashimiz joiz. * * * Donolikka ilk qadam – hamma narsaga hujum qilishdan, so‘nggi qadam esa – hamma narsani boshdan kechirishdan iborat. * * * Yangi narsani ko‘rish uchun qandaydir yangi narsa yaratish zarur. * * * Nima bo‘lganda ham, baribir, qabr taqdir zarbalariga qarshi eng a’lo qal’adir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling