www.ziyouz.com кутубхонаси
206
IOGANN GOTTLIB FIXTE
(1762-1814)
Fixte Germaniyaning Rammenau shahrida istiqomat qiluvchi kambag‘al hunarmand
oilasida dunyoga kelgan. U tasodif tufayligina savod chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Miltits ismli baron undagi qobiliyatni sezib, homiylik qilgan.
1774 yilda Fixte Shulpfortdagi maktabga boradi. Biroq baxtga qarshi shu yili uning
homiysi hayotdan ko‘z yumadi. Fixte muhtojlik tufayli o‘qishni tashlashga majbur bo‘ladi
va xonadonlarda muallimlik qila boshlaydi. Shu bilan birga Leyptsig, Yen, Vittenberg
shahrida ilohiyot va huquqdan ma’ruzalar tinglaydi.
1790 yilda bir talabaga Kant falsafasidan ta’lim berish asnosida kutilmaganda o‘zining
ham fikri tiniqlashib, qarashlari o‘zgaradi. Taqdirni qarangki, ko‘p fursat o‘tmay, Fixte
Kant bilan uchrashib unga o‘zining «Yangilikning atroflicha tanqidi» deb nomlangan ilk
asarini taqdim etishga muvaffaq bo‘ladi. Kant esa kutilmaganda yosh muxlisiga
xayrixohlik ko‘rsatib, bu asarni nashr etish uchun tavsiyanoma beradi hamda Dantsigda
xonadon o‘qituvchisi bo‘lib ishga joylashishida yordam ko‘rsatadi.
Kantning tavsiyasi bilan chop etilgan asari Fixtega katta shuhrat keltiradi. 1794 yilda u
Yen universitetining professori bo‘ladi. Bu lavozimga Fixte o‘sha vaqtda Sakson Veymar
gertsogligida vazir bo‘lib ishlayotgan Gyotening tavsiyasiga ko‘ra o‘tkazilgan edi. 1798
yilda Fixte o‘zini asossiz ravishda g‘oyaviy o‘zboshimchalikda ayblaganlarga norozilik
sifatida universitetni tark etadi. 1810 yilda u Berlinda yangi tashkil etilgan Oliy
maktabning birinchi rektori etib saylanadi.
Fixte 1814 yili ichterlama xastaligi tufayli vafot etdi. Uning qabriga o‘rnatilgan
yodgorlikka injildan olingan quyidagi go‘zal so‘zlar bitilgan: «Ustozlar samo yoritgichi
Do'stlaringiz bilan baham: |