Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
207 Inson o‘zi burchli bo‘lgan hamma ishni bajarishga qodir. * * * O’zimdan tashqaridagi narsalarni o‘zgartirolmaganim uchun o‘zimdagilarni o‘zgartirishga qaror qildim. Falsafaga, aynan Kant falsafasiga o‘zimni urdim. * * * Harakat qilmoq! Harakat qilmoq! Biz shuning uchun mavjudmiz. * * * O’z-o‘zingni idrok et, atrofingni o‘rab turgan hamma narsadan nigohingni uz va botiningga boq. Bu falsafaning o‘z shogirdiga qo‘yadigan birinchi talabidir. Bunda gap sendan tashqaridagi emas, balki faqat sendagi narsalar haqida boryapti. * * * Har qanday voqelik ta’sirchanlikdir, hamma ta’sirchanlik voqelikdir. * * * Tabiat odamlarni erkinlik, ya’ni faoliyat uchun yaratdi. * * * Biz bilganimiz uchun harakat qilmaymiz, balki harakat uchun yaratilganimiz tufayli bilamiz. * * * Inson zotiga mansub odamlar bir-birlariga o‘xshamaydilar. Ularning o‘xshash tomoni bitta. U ham bo‘lsa, barchaning pirovard maqsadi – mukammallik. * * * … Va mana, vaqt oqimida qachonlardir mavjud bo‘lgan ilmning siniq parchalari suzib yuribdi. Siz ularning bebaho ekanini eshitgansiz. Qurbingiz yetganicha ilm siniqlarini bu oqimdan tutib olasiz-da, qiziquvchilarga ko‘rsatasiz. Siz bu bo‘laklarni sindirib, ezib yoki bexosdan shaklini buzib yubormaslik uchun va beshikast holda avlodlaringizga, avlodlaringiz esa o‘z avlodlariga qoldirishi uchun, ular esa o‘z navbatida qiziquvchan nasllarga ko‘rsatishi uchun asrab-avaylaysiz. Goho ularni silab-siypab tozalaysiz. Men sizning huzuringizda paydo bo‘ldim. Va siz lutf ko‘rsatib, meni o‘zingizga do‘st sanadingiz. Siz menga do‘stlarcha yordam ko‘rsatishga urindingiz. Ko‘nglingiz meni rom etishni, ogohlantirishni, maslahat berishni tilardi… Siz avvaliga men bayon etgan narsalarni tarix, Kant oqimidagi bo‘laklar deb hisobladingiz. Va ularni o‘zingizdagi kollektsiyalar bilan taqqoslashga jazm etdingiz. Bundan hech bir ish chiqmagach, ularni hayotiy tajriba oqimidagi parchalar deb hisobladingiz. Men ne demay, qanday dalillar bilan ishontirishga urinmay va qanchalar tantanavor ta’kidlamay, qay yo‘sinda qarshilik ko‘rsatmay, baribir, siz mening ilmiy qoidalarimni tajribaviy qoidalarga, mushohadalarimni idrok mahsuliga, falsafamni psixologiyaga tenglashtirishdan voz kechmadingiz… … Shunday qilib, siz kollektsiyangizdagi har biri o‘zicha mavjud bo‘lgan bo‘laklarni bir butun deb hisobladingiz. Har birini alohida holda xotirada saqlash mumkin deb o‘yladingiz. Biroq bu alohida parchalar siz qamrab olgan holatda biri ikkinchisiga to‘g‘ri kelmas, yopishmasdi. Shunda shovqin ko‘tardingiz: «Ziddiyat!» Bunday holat sizda izchil sun’iy bayon to‘g‘risida hech qanday tushunchaning yo‘qligi, sizga faqat donolar hikmatlarini jamlashgina ma’lumligi tufayli ro‘y berdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling