AFLOTUN (PLATON)
(Miloddan avvalgi 428-347 yillar)
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun Afina shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uning asl ismi Aristokl
bo‘lgan. «Platon» uning laqabi bo‘lib, yunoncha «keng yelkali», «bo‘lali» degan ma’noni
anglatadi. Bu laqabni unga Suqrot bergan. Aflotunning oilasi badavlat bo‘lmasa-da,
aslzodalar nasabidan edi. Otasi Ariston Afinaning oxirgi shohi Kodr avlodiga mansub
bo‘lgan. Aflotun aslzoda afinaliklarga xos bo‘lgan riyoziyot, musiqa, grammatika va
gimnastikadan ta’lim olgan. Geraklit, Parmenid, Zenon falsafasi bilan tanishgan.
Miloddan avvalgi 407 yilda Suqrot bilan uchrashgan. Suqrotning o‘limigacha uning eng
yaqin shogirdlari qatorida bo‘lgan.
Ko‘p vaqtini she’riyatga bag‘ishlagan. Manbalarga ko‘ra, u qator dostonlar, lirik
asarlar, fojia va komediyalarning muallifi bo‘lgan. Uning 25 ga yaqin she’riy usulda
bitilgan miniatyura-epigrammalari bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari, uning 23 ta
asl nusxadagi va 11 ta uning qalamiga mansub deya taxmin qilinadigan suhbati,
«Suqrot
madhi»
deb nomlangan nutqi, shuningdek, 13 ta maktubi ma’lum. Aflotunning suhbatlari
quyidagilardan iborat: «
Protagor», «Fedon», «Parmenid», «Teetet», «Timey», «Kritiy»,
«Laxet», «Menon», «Davlat», «Siyosatdon», «Qonunlar», «Fedr», «Fileb»
va boshqalar.
Aflotunning Atlantida to‘g‘risidagi hikoyasi keyingi madaniyatlarning halovatini buzib,
avlodlarning ichiga g‘ulg‘ula soldi. Uning yozishicha, 12 ming yil oldin Gibraltar yaqinida
sirli qit’a mavjud bo‘lib, bir kecha-kunduz ichida dengiz qa’riga cho‘kib ketgan. Aflotun
halokatning aniq o‘rnini ko‘rsatmagan, ammo faylasufning obro‘yi shu qadar baland
ediki, darhol g‘oyib bo‘lgan atlantlar mamlakatini izlashga kirishilgan. Uni hozir ham
Do'stlaringiz bilan baham: |