Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
43 — Yechib ber-chi, — dedilar. Faylasuf ularga xitob qildi: — Ey nodon, bog‘langan holida kishilarni shunchalik tashvishga qo‘yuvchi bu tugunni yechmoq nechun? * * * Kimdir faylasuflarni doimo badavlat zotlar bo‘sag‘asida ko‘rishini aytganda, Aristipp dedi: — Hakimlar ham bemorlarning xonadonlariga ko‘pincha o‘zlari boradilar. Zero, hamma ham bemorlar o‘rnida emas, balki hakimlarning o‘rnida bo‘lmoqni istaydi. * * * O’zining o‘ta bilimdonligi bilan maqtanuvchi bir kimsaga Aristipp dedi: — Taomlarning zarurini me’yorida yegan odam haddan ziyod ovqat tanovvul qiluvchilardan ko‘ra sog‘lomroq bo‘lganidek, ko‘p o‘qigan har qanday odam olimga aylanavermaydi. Buning uchun har kim o‘qiganlaridan o‘ziga foyda ola bilmog‘i lozimdir. * * * Aristipp sudda o‘z ishini himoya qilmoq maqsadida notiq yolladi. Ko‘pchilik uning bu ishini qoraladi. Shunda Aristipp dedi: «Axir, ziyofat berayotgan chog‘imda ham oshpaz yollayman-ku!» * * * Aristippdan donishmandlar bilan oddiy odamlarni farqlash yo‘lini so‘radilar. U shunday javob berdi: «Ularni ajratish uchun yalang‘och holda notanish odamlar orasiga qo‘yib yuboring». * * * — Johil bo‘lib yashagandan qashshoqlikda kun kechirgan a’loroqdir, — deydi Aristipp. — Chunki qashshoqlar puldan, nodonlar esa odamgarchilikdan mahrumdirlar. * * * Bir kuni meva-cheva archib o‘tirgan faylasuf Diohen yo‘ldan o‘tayotgan Aristippga: — Agar sen ham mana shu sabzavotlarni yeb qanoat qilganingda, mustabid hukmdor saroyida xizmat qilishga majbur bo‘lmas eding, — dedi kinoyali kulib. — O’zing esa, — dedi Aristipp, — odamlar bilan muomala qilmoqni bilganingda sabzavot archib o‘tirmasding. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 44 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling