Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

www.ziyouz.com кутубхонаси 
50
* * * 
Bir odam qog‘ozga yozilgan uzundan-uzoq ma’ruzasini o‘qib berardi. Qog‘oz o‘ramining oxiridagi 
yozuvsiz joyga ko‘zi tushgan Diohen xitob qildi: «Bardam bo‘linglar, birodarlar, sohil ko‘rinayapti!» 
* * * 
Qaysi vaqtda nonushta qilmoqlik lozimligi xususida savol bergan odamga Diohen shunday javob 
beradi: «Agar badavlat bo‘lsang, istagan vaqtingda, qashshoq bo‘lsang, qurbing yetgan vaqtda 
nonushta qilishing mumkin». 
* * * 
Kimdir Diohenning quvg‘in qilinganini yuziga solib kamsitganda, u shunday dedi: «Ey, badbaxt. 
Axir, ana shu quvg‘in tufayli men faylasuf bo‘loldim-ku!» 
* * * 
Diohen bir haykalning qarshisiga kelib tilana boshladi. Undan nega bunday qilayotganini 
so‘rashganda: «O’zimni rad javobiga ko‘niktirmoqchiman», — deb javob qildi. 
* * * 
Diohendan nima sababdan odamlar faqat qashshoqlarga xayr-ehson berishlari, faylasuflarga esa 
hadyani ravo ko‘rmasliklari haqida so‘rashdi. Faylasuf shunday javob berdi: «Chunki odamlar 
qachonlardir oqsoq yoki so‘qir bo‘lib qolishlarini, lekin hech qachon donishmandga aylanmasliklarini 
yaxshi bilishadi-da!» 
* * * 
Iskandar Zulqarnaynning otasi Makedoniya hukmdori Faylaqus (Filpp) Korinfga qarshi yurish 
boshlaganini va u yerda o‘ziga qarshi tayyorgarlik ketayotganini e’lon qildi. Shunda Diohen o‘zi 
yashaydigan xumni u yoqdan-bu yoqqa yumalata boshladi. «Nega bunday qilayapsan, Diohen?» deb 
so‘raganlarida: «Hozir hamma o‘ziga yarasha tashvish bilan yugurib yuribdi. Ana shunday bir paytda 
mening bekor o‘tirishim yaxshi emas. Xumni dumalatishimning boisi, bisotimda shundan boshqa 
narsam yo‘q!» 
* * * 
Bir «sakrovchi» Diohenga dedi: «Eh, esiz, shunday baquvvatligingga qaramay, Olimpiya 
bellashuvlarida qatnashmaysan-da. Agar qatnashganingda, albatta, birinchi o‘rinni olgan bo‘larding». 
— Men Olimpiya bellashuvlaridan ham muhimroq musobaqalarda qatnashaman, — dedi faylasuf. 
— Qanday musobaqa u? — tushunolmay so‘radi «sakrovchi». 
Diohen ta’naomuz bosh chayqab dedi: 
— Axir, yaxshi bilasiz-ku, men yomon xulqlar bilan bellashaman. 
* * * 
Diohenning shunday hikmatli rivoyati bor: 
— Behisob boylik egasi bo‘lgan bir odam yer yuzidagi barcha davlatlardan mansabi, yoshi, jinsi, tili 
turlicha bo‘lgan mehmonlarni chorlab, katta ziyofat berdi. Bu saxiy zot mehmonlarning har birini o‘z 
didiga mos tansiq taomlar bilan siyladi. Mehmonlar rohatlanib ovqatlanib, uy sohibiga minnatdorchilik 
bildirishdi. Ammo mehmonlar orasidan bir odam oldiga qo‘yilganiga qanoat qilmay, qo‘shnilarining, 
ojiz hamda zaif kimsalarning, hatto go‘daklarning ovqatiga chang soldi. U burnidan chiqquncha 
og‘ziga ovqat tiqishtiraverdi... 
Qissadan hissa shuki, behisob boyliklar egasi va muruvvatli odam — tabiatdir, ziyofatga kelgan 
mehmonlar — yer yuzidagi barcha xalqlar, ochko‘z odam esa o‘zidan ojizlarning barcha narsasini 
tortib olguvchi badavlat kimsalardir. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling