www.ziyouz.com кутубхонаси
51
SHAN YAN
(Miloddan avvalgi 390-338 yillar)
Xitoy faylasufi Shan Yan kambag‘allashgan aslzoda oiladan bo‘lib, haqiqiy ismi Gunsun
Yan edi. Shan Yan Vey saltanati hukmdori Ven-xouning birinchi vaziri faylasuf Li Kuy
(424-386 yillar)ning qo‘lida tahsil oldi. Keyinchalik u saroyda maslahatchi va islohotchi
vazifalarida xizmat qildi. Shan Yan legistlar maktabining vakillaridan edi. Uning «Shan
viloyati hukmdorining kitobi» nomli asari bizga ma’lum.
Sin hukmdori Syao Gun (miloddan avvalgi 361-388 yillar) Shan Yan ta’limoti bilan
qiziqib, unga davlat islohotlarini o‘tkazishni ishonib topshirdi. Bu voqea qadimiy Xitoyda
yangi falsafiy ta’limotning ilk bor hayotga tatbiq etilishi sifatida tarix sahifalariga bitildi.
Va bu ish katta muvaffaqiyatlar bilan amalga oshirildi.
Shan Yan o‘ta yuksak farosat sohibi edi. U o‘z islohotlari ba’zi guruhlar tomonidan
qarshilikka uchrashini avvaldan ko‘ra bildi. Shu bois barcha shubha va gumonlarning
oldini olish, jamoatchilikda davlat qonunlarining kuchiga ishonch tuyg‘ularini uyg‘otish
uchun avvaldan maxsus farmon chiqardi. Bu g‘aroyib farmonda kimda-kim katta g‘o‘lani
yelkasiga ortib, mamlakat poytaxtining shimoliy darvozasidan janubiy darvozasiga qadar
olib borsa, o‘sha odamni 10 tilla tanga bilan mukofotlash va’da qilingandi. O’sha
vaqtlarda 10 tilla tanga juda katta boylik sanalardi. Shu tufayli farmonni eshitgan
fuqarolar ishonishni ham, ishonmasliklarini ham bilmay hayron qoldilar. Hech kim bu
ishni bajarishga jur’at etmadi. Shunda poytaxtning markaziy maydonida mukofot 50 tilla
tanga qilib belgilangani haqidagi farmoyish o‘qib eshittirildi. Bir fuqaro bu ishni amalga
oshirishga rozilik bildirib, g‘o‘lani hammaning ko‘z o‘ngida yelkasiga ortdi-da, shaharning
Do'stlaringiz bilan baham: |