Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


ammo tushunarsiz narsalar vositasida tushuntirish usulidan foydalandi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

ammo tushunarsiz narsalar vositasida tushuntirish usulidan foydalandi. 
Masalan, u vaqtning mohiyatini shunday tushuntiradi: 
Vaqt — harakatning masofasidir. 
Zenon g‘ayrioddiy tarzda hayotdan ko‘z yumgan. Bir kuni u qoqilib, yerga yiqiladi-da, 
bu holni yuqoridan yuborilgan ogohlantirish va chaqiruv deb hisoblaydi hamda o‘sha 
zahoti o‘zini o‘zi bo‘g‘ib o‘ldiradi. 
* * * 
«Donishmanddan o‘zga hech kim hech narsani bilmaydi», deb yozgandi Zenon. U o‘zining bu fikrini 
harakat orqali tushuntirgan. Ya’ni, barmoqlari yozilgan qo‘liga ishora qilib: «Bu timsol alomati» deydi. 
Keyin barmoqlarini sal bukib, shunday deydi: «Bu rizolik alomati», nihoyat barmoqlarini musht qilib 
tugib: «Bu esa anglash alomati» deydi va o‘zining bu o‘xshatmasiga katalepsis deb nom beradi. 
So‘ngra chap qo‘lini uzatib, o‘ng mushtini qattiq siqib: «Mana bu donishmanddan o‘zga hech kim 
erisholmaydigan bilimdir», — deb so‘zini tugatadi. 
* * * 
Falsafani tirik mavjudotga qiyoslash mumkin, — deb yozadi Zenon. — Chunonchi, suyaklar va asab 
tizimi mantiq ilmi bo‘lsa, et axloq ta’limotidir. Jon esa tabiiyot (fizika)dir. Falsafani yana tuxumga ham 
o‘xshatish mumkin: po‘sti — mantiq, ichidagi oq suyuqlik qatlami — axloq, o‘rtadagi sarig‘i esa — 
tabiiyot. Falsafa ilmini yaxshi muhofazalangan va aql bilan boshqariladigan bir shaharga ham 
qiyoslamoq o‘rinli bo‘lur edi. 
* * * 
Hech bir yovuzlik hurmatga sazovor bo‘lolmaydi. Yovuzlik — bizda qudrat, yuksalish, ezgulik 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
73
tuyg‘ulari uyg‘onishiga bir to‘siq, xolos. 
* * * 
Xudo mangudir. U olamdagi har bir narsani jamiki moddiyat vositasida yaratgan. 
* * * 
Bizning ruhimizga ko‘plab tasavvurlar jo etilgan. 
* * * 
Jon sakkiz qismdan tarkib topgan. Uning besh qismi ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va 
sezish hislaridan iboratdir. Oltinchisi — ovoz, yettinchisi — nasl qoldirish qismlari bo‘lib, sakkizinchisi 
esa boshqaruvchi qism deb ataladi. Bu qism xuddi sakkizoyoq singari qolgan yetti qismini boshqaradi 
va ulardan foydalanadi. 
* * * 
Tabiat bilan totuvlikda yashamoqlik, ezgulik bilan yakdil bo‘lmoqlik demakdir. 
* * * 
Biz tashqi olamni tuyg‘ularimiz ila qabul etib, aqlimiz ila anglashga qodirmiz. 
* * * 
So‘z buyumlarni belgilash uchun odamlar o‘zaro kelishib qabul qilgan ifoda bo‘lmay, so‘zlarning o‘zi 
buyumlar va buyumlarning tabiatiga ko‘ra belgilangandir. 
* * * 
Erkinlik — donishmandlargina yetishishi mumkin bo‘lgan bir holat. Qolganlar uchun esa u 
noma’lum va yetib bo‘lmas manzildir. 
* * * 
Manmanlikdan ortiq adabsizlik bo‘lmaydi. 
* * * 
Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimog‘dorlik, eng zarur narsa esa vaqtdir. 
* * * 
Do‘st bizning ikkinchi «men»imizdir. 
* * * 
Bir ezma odamga Zenon shunday degan ekan: «Bizga ko‘proq eshitib, kamroq so‘zlash uchun 
ikkita quloq va bittagina og‘iz ato etilgan». 
* * * 
Faylasuf o‘z nutqini aqli bilan bezab so‘zlamog‘i joizdir. 
* * * 
Falsafa turli-tuman mevali daraxtlar bilan to‘liq bog‘ga o‘xshaydi. Mantiq bu bog‘ning devori bo‘lsa, 
tabiiyot (fizika) uning daraxtlari, axloq esa pishib yetilgan mevalaridir. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling