Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

www.ziyouz.com кутубхонаси 
79
* * * 
Haddan ortiq foyda olishga intilish tashvish keltiradi. Tashvish esa betoblikka sabab bo‘ladi. 
Betoblik donolikning kuchini qirqadi. Donolikning kuchi qirqilgach, me’yor hissi yo‘qoladi. Me’yor 
yo‘qolgach, harakatlar tartibsiz tus oladi. Tartibsizlik esa baxtsizlik va azob-uqubatlarni yetaklab 
keladi. Baxtsizlik va azob-uqubat yetib kelishi bilan betoblik insonning butun jismu jonini chulg‘ab 
oladi. Tashqaridan kelgan baxtsizlik g‘am-anduhga sabab bo‘ladi. Agar azob-uqubat va og‘riq ichki 
a’zolarga ham kirib borsa, insonni shafqatsizlarcha yaralaydi va azobli og‘riq kuchayadi. 
Shafqatsizlarcha yaralangan inson og‘riqqa dosh berolmay, o‘zini ayblab, o‘zidan o‘pkalaydi. Demak, 
ortga chekinish va o‘z-o‘zidan o‘pkalash foyda ortidan quvishning natijasidir. Shu bois: «Inson uchun 
shaxsiy manfaat ketidan quvishdan ortiqroq xavf-xatar yo‘q», deyiladi. 
* * * 
Dono hukmdor o‘z xatti-harakatlari sababini yashiradi, toki amaldorlar ulardan foydalanmasin. 
Hukmdor o‘zining donoligini pinhon tutib, iste’dodini past qilib ko‘rsatadiki, qo‘l ostidagilar uning bu 
sifatlarini ham sezolmasinlar. Donishmand hukmdor amaldorlarni hukmdor bo‘lish umididan mahrum 
etadi. U shunday yo‘l tutadiki, amaldorlarning o‘zlari hokimiyatdan yuz o‘giradilar. 
* * * 
«Har bir davlatning o‘z «tekinxo‘rlari» bor, — deb yozadi Xan Fey. — Ular besh toifaga bo‘linadi. 
Agar hukmdor bunday kimsalarni tag-tomiri bilan yo‘qotib, risoladagidek fuqarolarni tarbiyalay 
bilmasa, olamda halokatga mahkum davlatlar va sulolalar soni ko‘payaveradi. Davlatga tahdid 
soluvchi o‘sha besh toifa quyidagilar: 
1. Avvalgi hukmdorlarning insonparvarligi va burch tuyg‘usiga sodiqligini ro‘kach qilib, ularning 
tutgan yo‘lini maqtovchi, ust-boshiga zeb berib, mahorat bilan so‘zlangan balandparvoz ma’ruzalari 
vositasida mavjud qonunlarga nisbatan shubha uyg‘otuvchi va hukmdorning qalbida ikkilanish 
tuyg‘usini tug‘diruvchi olimlar. 
2. Turli bo‘lmag‘ur gap-so‘zlarni tashuvchi, tashqi kuchlarga tayanib, o‘zining shaxsiy manfaati 
yo‘lida istalgan saltanatning timsoli bo‘lgan yer mehrobi va don-dun uchun foydali barcha 
yumushlardan bo‘yin tovlagan vaysaqilar. 
3. Beliga qilich taquvchi, olomon bo‘lib to‘planuvchi, nom chiqarish va oliy mansabdorlarning 
taqiqlarini buzish uchun o‘z sifatlarini ko‘z-ko‘z qiluvchilar. 
4. Bor mol-mulkini amaldorlarga pora uchun sarflab, yalinish yo‘li bilan og‘ir mehnatdan va harbiy 
xizmatdan o‘zini olib qochuvchi, majburiyatdan qo‘rqib, uyga biqinib oluvchilar. 
5. Qo‘pol va beo‘xshov, qalbaki narsalarga ruju qo‘ygan, o‘z uyida behisob zaxiralarni yig‘ib olib, 
dehqonlarning foydasini tortib olish uchun payt poylagan, qish faslida yoki qahatchilik chog‘larida 
mahsulotlarni olib-sotish bilan mashg‘ul bo‘lgan savdogar va hunarmandlar». 
* * * 
«Bugungi kunda qattiqqo‘l va ishonchli odamlarning soni o‘ntaga ham bormaydi. Ammo 
mamlakatdagi amaldorlik lavozimlari yuzdan ortadi. Shu bois barcha lavozimlarga qattiqqo‘l va 
ishonchli kishilarni tayinlashning imkoni yo‘q. Amaldorlik lavozimlarini to‘ldirish uchun loyiq odamlar 
yetishmasligi oqibatida esa tartibni saqlab, himoya qiluvchilar kamayib, el-yurt orasida fitna 
uyg‘otuvchilar ko‘payadi. Ma’rifatli hukmdor bundan qutilish uchun aqlli kishilarni izlab ovora bo‘lmay, 
yagona qonun joriy etishi, qo‘l ostidagi ishonchli amaldorlar bilan faxrlanib yuravermasdan
boshqaruv san’atini puxta egallab olmog‘i lozim. Ana shunda qonunga zarar yetmaydi, yovuz va 
yolg‘onchi amaldorlarga barham beriladi». 
* * * 
Mamlakatda aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar ko‘payib ketsa, qonun buziladi. Qo‘l mehnati 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling