Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
80 bilan band fuqarolar kamayganda esa, mamlakat qashshoqlikka yuz tutadi. «Buyumlar eng so‘nggi nuqtaga yetib borgandan so‘ng albatta ortiga qaytadi. Agar biror narsaga qattiq tikilib qarasangiz, ko‘zlar xira tortadi; agar quloqlar haddan ortiq ding bo‘lsa, aniq eshitolmay qoladi; agar me’yoridan ortiq o‘yga tolib, ko‘p fikr yuritilsa, bilimlarda tartibsizlik paydo bo‘ladi». Bizningcha, Xan Fey bu fikri orqali butun insoniyatga xos sifatlardan birini ifoda etgan. Chindan ham bizda, amallarimizda botinan shafqatsiz va muqarrar bir narsa borki, zo‘r berib bir maqsad sari intilganimizda ko‘pincha, negadir umuman teskari natijalarga erishamiz. Bunga Ilya Ilfning kundaligidagi mana bu qaydlar ham misol bo‘la oladi: «Imlo xatolardan qutilish uchun nashriyotga 20 ta musahhih yolladik. Biroq shunga qaramay, kitobning birinchi betida «Britaniya entsiklopudiyasi» degan yozuv turardi». * * * Agar insonning boshiga kulfat tushsa, uning qalbi dahshat va qo‘rquv bilan to‘ladi. Yurak dahshat va qo‘rquvga to‘lgach, amallarimiz to‘g‘ri, fikrlarimiz esa yetuk bo‘ladi. Fikrlar yetuklashgach, ishning mohiyatiga yetish uchun yo‘l ochiladi. Amallar to‘g‘ri bo‘lsa, kulfat va zararli oqibatlar barham topadi. Kulfatlar va zararli oqibatlardan xalos bo‘lgan inson bemalol yoshini yashab, oshini oshaydi. Ishning mohiyatiga yetgan odam muvaffaqiyatga erishadi. Yoshini yashab, oshini oshagan inson tinchlik- xotirjamlikda uzoq umr ko‘radi. Yutuqlarga erishgan odam, albatta, boylik va aslzodalikka noyil bo‘ladi. Tinchlik-xotirjamlik va umruzoqlik, boylik va aslzodalik baxt deb ataladi. Biroq baxtning poydevori baxtsizlikning ustida qad ko‘taradi. Shu bois: «Eh, baxtsizlik! U baxtning tayanchidir», deyiladi. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 81 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling