Yuqoridagi kazusda fuqaro Karimovning 5 yildan buyon maktab


Download 23.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi23.78 Kb.
#1466159
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи оралиқ



Yuqoridagi kazusda fuqaro Karimovning 5 yildan buyon maktab 
o‟quvchilarini oliy ta‟lim muassasalariga tayyorlash bilan shug‟ullanishi haqida 
ma‟lumot keltirib o‟tilgan. Karimovning bu faoliyatini o‟z o‟zini band qilish 
deb bo‟lmaydi, sababi esa “Tadbirkorlik faoliyati va o„zini o„zi band qilishni 
davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 
O‟zbekiston Respublikasining Prezidentining qaroriga muvofiq o‟z o‟zini band 
qilish davlat ro‟yxatidan o‟tkazilishi kerakligi aytib o‟tilgan.
Keyingi vaziyat ya‟ni soliq inspeksiyasi vakillarining vajlari 
o‟rinlimi? Avval soliq inspeksiyasining ushbu vaziyatdagi vakolati haqida 
to‟talsak. “Davlat soliq xizmati to‟g‟risida”gi Qonunga ko‟ra uchastka soliq 
inspektorlari o„zlariga biriktirilgan uchastkada mol-mulk solig„i va yer solig„i 
to„lovchi jismoniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug„ullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni 
bajaradilar hamda ular tegishli soliqlarni o„z vaqtida to„lashlarini nazorat 
qiladilar. Soliq inspeksiyasi vakillarining Karimovning faoliyati bo‟yicha qilgan 
murojaati rad etilganligi asosli deb hisoblayman, chunki Karimovning bu 
faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud emas, biroq uning faoliyatini qonuniy 
bo‟lgan deb ham bo‟lmaydi. Bunga sabab qilib “Litsenziyalash, ruxsat berish va 
xabardor qilish tartib-taomillari to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni 
3-ilovasida keltirib o‟tilgan faoliyatlar ichida (11-tartib raqamida joylashgan 
faoliyat) Karimov faoliyati ham keltirib o‟tilgan. Ushbu Qonunning 3-ilovasida 
ko„rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun bu haqda vakolatli organni 
xabardor qilish talab etiladi. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan 
faoliyatning (harakatlarning) ushbu qonunda nazarda tutilmagan yangi turlarini 
(kichik turlarini) joriy etish taqiqlanadi. Demak fuqaro Karimov o‟z faoliyatini 
xabardor qilmaganligi sababli tegishli tartibda ma‟muriy javobgarlikka 
toritilinishi kerak deb hisoblayman. (MJtK 165-moddaga asosan).
Bizga berilgan 1-savolga javob yozadigan bo‟lsam, Tadbirkorlik 
faoliyati tushunchasi O‟zbеkiston Rеspublikasi 2000 yil 25 mayda qabul 
qilingan qonunning 3 moddasida quyidagi tartibda bayon etilgan. “Tadbirkorlik 
faoliyati – tadbirkorlik” faoliyati subyеktlari tomonidan qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladigan tavakkal qilib va o‟z mulkiy javobgarligi asosida 
daromad olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir”. Tadbirkorlik faoliyati 
ma'lum subyеktlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular kimlardan iborat bo‟lishi 
mumkin? Bu savolga javob qonunning 4 moddasida bеriladi, ya'ni ular: 
“Tadbirkorlik faoliyati subyеktlari bеlgilangan tartibda ro‟yxatdan o‟tgan 
hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxs va jismoniy 
shaxslardir.
Fuqarolik Kodеksida tadbirkorlik uchun uning faoliyatini yuritish 
jarayonida vujudga kеladigan har qanday savolga javob topish mumkin. Uning 
moddalari vositasida tadbirkorning muomala va huquq layoqatining mazmuni, 
ularning huquq va majburiyatlari vujudga kеlishi asoslari va himoya qilish 


usullari, tadbirkorlik munosabatlarining subyеktlari va obyеktlari, 
subyеktlarining huquqiy vakolatlari, obyеktlarning turlari va xususiyatlari, 
bitimlar va ularning haqiqiy yoki haqiqiy emas dеb tan olingan bitimlarnng 
huquqiy oqibatlari vakillik xizmatidan foydalanish, tadbirkorning iqtisodiy 
manbai sifatida mulkning shakllari tadbirkorlikning xususiy mulkka nisbatan 
bo‟lgan huquqlari, majburiyatlar. Ularning turlari, ijjro etishni ta'minlashga 
qaratilgan kafolatlar, shartnoma va ularning turlari. Shartnomalarga asoslangan 
va asoslanmagan majburiyatlar bo‟yicha javobgarlik va boshqa ijtimoiy 
hayotning turli qirralarida vujudga kеladigan masalalarni tartibga solishga oid 
qoidalar nazarda tutiladi 
2-savolga javobim quyidagicha: fuqaro Karimov davlat ro‟yxatidan 
o‟tgan holda o‟z o‟zini band qilish bilan o‟quvchilarga dars berishi mumkin 
lekin u qo‟shimcha ravishda ishchi yollashi mumkin emas. Shuning uchun u 
YaTT ko‟rinishida o‟z faoliyatini olib borsagina ham manfaatli hamda 
qonuniy bo‟ladi. 2021-yilda 707-sonli hukumat qaroriga ko‟ra yakka tartibdagi 
tadbirkor 5 nafargacha xodim yollashi mumkin, bunda YaTT xodim yollashda 
yozma mehnat shartnomasi tuzadi, ular tomonidan mehnat daftarchasi 
yuritilmaydi. Bundan kelib chiqadiki fuqaro Karimov faqatgina 5 nafargacha 
o‟qituvchi yollagan holda o‟z faoliyatini amalga oshirsa bo‟ladi. 
Bundan tashqari yuqoridagi kazusda Karimovning oliy ta‟lim 
xizmatini ko‟rsatmoqchiligi hamda shunga oid litsenziya bilan tanishib 
chiqqanligi aytib o‟tilgan, biroq litsenziya olish talablarini bajarish imkonsiz 
deb ta‟riflagan va litsenziyasiz oliy ta‟lim xizmatini ko‟rsatishni boshlagan. 
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to„g„risida”gi 
O„zbekiston Respublikasi Qonuni 1-ilovasiga asosan amalga oshirilishi uchun 
litsenziyalarni olish talab qilinadigan faoliyat turlari ko‟rsatib o‟tilgan va ushbu 
ro‟yxatni ichida oliy ta‟lim xizmatini ko‟rsatish uchun ham litsenziya olish 
shart ekanligi ko‟rsatilgan. Demak fuqaro Karimov bu harakatlari ham 
noqonuniy hisoblanadi.
Ushbu faoliyatida yuzasidan Karimovning ijtimoiy tarmoqlarga 
reklamalar joylashtirganligiga huquqiy baho beradigan bo‟lsak, “Reklama 
to‟g‟risida”gi qonunga asosan ushbu faoliyat bo‟yicha hech qanday reklama 
berishimi mumkin emas, sababi esa ushbu Qonunning 12-moddasida 
aytilishicha agar reklama qilinayotgan faoliyat litsenziyalanishi lozim bo„lsa 
yoki uning yuritilishi tegishli ravishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat 
olishni talab qilsa, reklama ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchiga tegishli 
litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni taqdim etishi, shuningdek 
majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo„lgan tovar reklama qilingan taqdirda, 
sertifikatni taqdim etishi kerak. Fuqaro Karimovning o‟z faoliyatini reklama 
qilganligi ham noqonuniy hisoblanadi. 


Va so‟ngi 3-savolga javob bersam, fuqaro Karimov o‟zining faoliyati 
dastlabki boshlagan paytdan boshlab soddalashtirilgan tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‟ullanishi mumkin edi, ya‟ni yuqorida keltirib o‟tganimday YaTT 
shaklida. YaTT haqida umumiy ma‟lumot bersam,
O„z faoliyatini mustaqil 
boshqarish huquqiga egaligi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik murakkab 
boshqaruv tuzilmasiga ega emas. Ya‟ni, unda korxonadagi singari direktor, 
buxgalter kabi lavozimlarni tashkil etish shart emas. Ushbu vazifalarning 
barchasini yakka tartibdagi tadbirkorning o„zi bajaradi. Faoliyat yuritishning 
nisbatan yengilligi. Masalan, yuridik shaxs ko„rinishidagi korxonalar zarur 
hollarda o„z faoliyatini vaqtincha to„xtatib turish imkoniga ega emas. Yakka 
tartibdagi tadbirkor uchun esa tegishli soliq idorasiga murojaat qilish orqali 
o„z faoliyatini muayyan muddatga to„xtatib turish va bu davr uchun soliq 
hamda boshqa majburiy to„lovlarni amalga oshirmasligi ruxsat etiladi. Ustav 
fondini shakllantirishning talab etilmasligi. Ya‟ni, siz hech qanday mablag„ni 
alohida jamg„armasdan, to„g„ridan to„g„ri faoliyatingizni boshlashingiz 
mumkin. Alohida yuridik manzilning talab etilmasligi. Siz o„zingizning doimiy
yashash manzilingizni ko„rsatgan holda yakka tartibdagi tadbirkorlikni ro„yxat 
dan o„tkazishingiz mumkin. Hisobotlar topshirishning yengillashtirilgan tartibi 
qo„llanilishi. Masalan, qonunchilikka ko„ra kichik tadbirkorlik subyektlari 
faqat davlat statistika organlari va davlat soliq xizmati organlariga, yakka 
tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan 
shakllarda hisobot taqdim etadi 

Download 23.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling