Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

www.ziyouz.com кутубхонаси 
91
* * * 
Men faylasuflarning «Narsalarning tabiatiga muvofiq yasha», — degan qoidalariga amal qilaman. 
Narsalarning tabiatidan chekinmaslik, uning qonunlariga amal qilib, o‘rnak olish — donishmandlik 
demak. 
* * * 
Tabiat bizni kirishda ham, chiqishda ham tintuv qiladi. Yalang‘och kelgandik, yalang‘och ketamiz. 
Bu yerdan olib kelganingdan ortiq narsani olib ketolmaysan. 
* * * 
Kim sizga o‘limni dahshatli deb ta’rifladi? Yo biror kimsa u dunyodan qaytib kelolganmi? Ne sabab 
o‘zingiz bilmaydigan narsadan qo‘rqasiz? Balki falakning ishoralarini anglash afzalroqdir? E’tibor 
bering-a: bu dunyoda biz muntazam bemorlikka mahkummiz; goh bir dard bilan og‘riymiz, keyin yana 
boshqasiga chalinamiz. Goh oshqozonimiz xastalanadi, goh oyog‘imiz og‘rib qoladi. Bu dunyoda bizni 
doimo betoblik, hayvonlar va insonlarning qahru g‘azabi har tomondan ta’qib qiladi. Biz go‘yoki to‘rt 
tarafdan quvg‘inga uchraganga o‘xshaymiz. Bunday holat faqatgina birovning uyida 
yashayotgandagina sodir bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, nega mehmondan o‘z uyingizga qaytishga 
qo‘rqasiz? 
* * * 
Siz onangizning issiq bag‘rini tark etib, yorug‘ dunyo yuzini ko‘rdingiz. Sizni o‘sha zahoti yer 
yuzidagi erkin havo chulg‘ab oldi. Dag‘al qo‘llar tanangizga botgan zahoti noma’lumlik qarshisida 
dahshatga tushib, chinqirib yig‘lab yubordingiz. 
Shundan keyin yillar o‘tib, bu yorug‘ olam bag‘rini tark etib, o‘zga bir noma’lumlik bilan ro‘baro‘ 
bo‘lishga taraddudlanar ekanmiz, yana dahshatga tushamiz. Nega shunday? Axir biz bir vaqtlar — 
yorug‘ dunyo nafasini ilk bor sezganimizda ham shunday qo‘rquvni boshimizdan o‘tkazmaganmidik? 
Yana nimadan qo‘rqamiz? Ona bag‘ri to‘qqiz oy davomida bizni yorug‘ olamdagi hayotga tayyorlaydi. 
Yorug‘ olamda esa biz go‘daklik chog‘imizdan to keksaygunimizga qadar yana qandaydir yangi 
tug‘ilish oni uchun yetilib boramiz. Nega shuni tushunmaysiz? 
* * * 
Siz shuni qayta anglaysiz, yo‘q, yo‘q, biz o‘lmaymiz. Biz faqat tabiat bag‘riga berkinib olamiz. Axir 
bizning ruhimiz mangu... Eh, tezroq manzilga yetib olsak edi. Axir biz bu dunyodan yana nima 
istaymiz? Nimadan ko‘ngil uzolmaymiz? Balki may va asal ta’midandir? Yo ne’matlardanmi? Bu 
narsalarning barini biz ming martalab tatib ko‘rganmiz-ku? Yoki biz xuddi ochiqqan itlar kabi 
chaynamasdan, butun-butun yutib, ta’mini ham sezmay qoladigan omad «luqma»laridan ko‘ngil 
uzolmaymizmi? Bularning bari bema’nilik... Shoshiling! Mehmondan qaytadigan fursat yetdi! Manzilga! 
Manzilga! 
* * * 
... Axir ular qullar-ku? Ha, ammo ular o‘zing kabi qulga aylangan do‘stlaring. O’ylab qaralsa, ular 
ham, biz ham birdek taqdir hukmiga qulmiz. 
* * * 
Menga dedilar: axir ular qullar-ku? Ha, ammo mana bu qul ozod ruh egasi. Qani, menga u yoki bu 
ma’noda qullikka mahkum bo‘lmagan odamni ko‘rsating-chi? Manavi odam — shahvoniy nafs quli, 
anavinisi esa — g‘arazgo‘ylik va ochko‘zlik quli, bu esa — shuhratparastlik quli... 
* * * 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling