Termiz Davlat universiteti Xorijiy til va adabiyoti fakulteti (ingliz tili) 208- guruh talabasi Eshdavlatova Xayriniso
Download 1.03 Mb.
|
1 2
Bog'liqTermiz Davlat universiteti Mamasoatova Nilufar falsafiy dunyo qarash
Termiz Davlat universiteti Xorijiy til va adabiyoti fakulteti (ingliz tili) 208- guruh talabasi Mamasoatova NilufarFalsafa dunyoqarash sifatida Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof muhitga, boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar ko‘ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz. Bizni o‘rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib bo‘ladimi va agar bilish mumkin bo‘lsa, qay darajada? Insonni o‘zi nima? U qanday bo‘lishi kerak? O‘limdan so‘ng bizni nima kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi? Inson dunyoni o‘zgartira oladimi? Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta'riflarini oladigan bo‘lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hyech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o‘simlik olami ekanligiga e'tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta'rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta'rifi shu qadar ko‘p va turli-tumanki, ko‘pchilikda «O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin yoki yo‘qmi?» degan savol tug‘ilishi mumkin. Ba'zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi fan deb ta'riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu ta'limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy fan» deb ta'riflagan. Boshqa yo‘nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o‘rta asr ilohiyotchisi al-G‘azzoliy o‘zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini shu mavzuga bag‘ishlagan. Ba'zi ta'limotlarda falsafa «to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, «fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma'noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar to‘g‘risidagi fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi. Odatda, falsafaning u yoki bu ta'rifi umuman falsafani emas, balki tegishli faylasuflarning o‘z nazariyalarini belgilashi hisoblanadi, garchand, ko‘pchilik faylasuflar aynan o‘z falsafiy qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) deb o‘ylaydilar. Umuman falsafani ifoda kilish mumkinmi? Nemis faylasufi G.V.Xegel (1770-1831) muayyan falsafa yagona jahon falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni shakllanish onlari va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan. Boshqa faylasuflar tasavvuriga ko‘ra tarixiy-falsafiy jarayon - bu muayyan falsafiy ta'limotlar tarixidir, falsafa tarixi esa qandaydir yagona va rivojlanuvchi ta'limot sifatida mavjud emas. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, muayyan falsafa mavzusinigina ifoda kilish mumkin, masalan, ekzistensializm (mavjudlik) falsafasi yoki analitik (tahliliy) falsafani aniqlash mumkin, ammo umuman falsafani emas. Biroq tajribaga asoslangan (empirik) oddiy dalil mavjud. Qanday yo‘nalishga tegishliliklaridan qat'iy nazar, faylasuflar o‘zlari falsafa bilan shug‘ullanayotganliklariga shubha qilmaydilar. O‘z raqib va muxoliflarini nima deb atashlaridan qat'i nazar, ularni «noshud», «gumroh» ta'birlari bilan siylasalarda, ularning faylasuflar deb atalishiga huquqlari bor, negaki, ular har holda faylasuf deb ataladilar. Boshqacha aytganda ularning mashg‘ulotlarida qandaydir narsa mavjudki, bu narsa ularning faylasuf deb atalishiga asos bo‘ladi. Bu shuning uchun yuz beradiki, ularning tushunchasida falsafa deganda, iboralarning mantiqiy tahlili, borliqning birlamchi ibtidolari haqidagi ta'limot yoki tajribada hosil kilingan ma'lumotlarning tanqidiy bahosi berilgan bo‘ladi. Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan. «Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat'iy ilmiy ta'rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug‘ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.
|
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling