Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
335 Bo‘lub xurram havodin shodu farrux. Atibbo necha kun aylab taraddud, Kam o‘lsa dardu ranjidin tashaddud. Shah ar ko‘rsa, aziz o‘lg‘ay azizi, Vagar xud qilsa xor o‘lg‘ay kanizi. Eshitganlar bu harfi jonfizoni, Borib Xusravdin olib mujdagoni. Nishotu aysh fartidin deolmay, Eshitgach Xusrav o‘z holida qolmay. Bashorat fartidin aylab ishorat Ki, cholg‘aylar ravon ko‘si bashorat. Tarabdin ho‘yu g‘avg‘o bo‘ldi har yon, Qiyomat oshkoro bo‘ldi har yon. Yarash birla solib ovozalarni, Ochib, rust aylagan darvozalarni. Qabolg‘on el kezib har yon havasdin, Tamom andoqki qush chiqqay qafasdin. Tuzub oncha nishot asbobi Rarvez Ki, hayrat aylabon charxi sabukxez. Yasab bir mahdi oliy xusravona, Qilib arkoni davlatni ravona Ki, Bonu mahd ichinda maskan etgay, Aning oliy bisotin ravshan etgay. Bo‘lub Bonu dog‘i amrig‘a ma’mur, Qilib Xusravning ayvonini rurnur. Arodin raf’ o‘lub kinu kudurat, Nishotu aysh yer topib zarurat. Chu suhbat bo‘ldi garm andoqki dilxoh, Sanam holin tafahhus ayladi shoh. To‘kub ko‘z yoshi Bonuyi alamsanj, Dedi: «Tab’ida bordur za’fdin ranj. Atibbo aylabon tashxisi holin, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 336 Kelib xud arz qilg‘aylar malolin. Vale qo‘rg‘on ufun, ul notavondur, Burun vojib anga naqli makondur Ki, tolibdur havoyi jonfizog‘a Ki, mu’tod erdi jonrarvar havog‘a». Dedi Xusravki: «Har yerning havosi Ki, anfa’dur sen-o‘q sen rahshunosi. Ishorat qilki tortib anda mahmil, Quyoshqa qilg‘il ul ma’voni manzil». Dedi, Arman shimoli sori tog‘e Ki, avjidadur oning qasru bog‘e. Base zahmat chekib suv kelturubtur, Hamono shah dog‘i oni Ko‘rubtur. Agar xud shahdin o‘lsa hukmu farmon, Hamul yerdur aning ko‘ngliga armon. Eshitgach Xusrav o‘ldi ko‘ngli noshod Kim, ul suvni keturmish erdi Farhod Ki, ming Xusrav kibi yuz yil chekib ranj, Ul ish bo‘lmas edi gar to‘ksa yuz ganj. Rizo, lekin zarurat birla berdi Ki, bermakda rizo bechora erdi. Ravon Bonu ravon etti amori Ki, oyni eltibon ul ravza sori. Falakni oyg‘a mahmil ayladilar, Chamanni gulga manzil ayladilar. Quyosh ul jonfizo ayvong‘a bordi, Pari sarchashmai hayvong‘a bordi. Ketur, soqiy, mayikim jonfizodur Ki, bu rangin chaman bas bevafodur. Bo‘lay usrukki, bor ollida bir jav, Demay Farhodu Shirin, balki Xusrav. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling