Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
331 Muyassar bo‘lmayin chun anglabon xayl. Qo‘yub Bonu kecha-kunduz nigahbon, Aningdekkim, but atrofida rahbon. Bo‘lub ojiz ul oyni asramoqdin, Xayolin lahza-lahza anglamoqdin. Pari andoq bo‘lub devona rayvand Ki, jismidin uzub tish birla rarkand. Damo-dam nolau g‘avg‘osi tinmay, Rayoray ohu vovaylosi tinmay. Debon «Farhodu» tortib o‘yla faryod Ki, tortib hajridin faryod, Farhod. Gahe g‘urbatda holi zorin aytib, Aodi makridin ozorin aytib. Gahe ta’rif etib husnu jamolin, Viqoru hushu farhangu kamolin. Gahi deb zoru navmid o‘lmagidin, Chekib hijroni jovid o‘lmagidin. Gahi qo‘shmoqta mazlumum deb oni, Asiru zoru mahrumum deb oni. Xayoli birla tunu kun maqoli, Maqoli birla oyu yil xayoli. Qolib Bonu bu ish fikrida hayron, Bo‘lub holig‘a har dam ko‘ngli vayron. Qila olmay dame bir ishga mashg‘ul Ki, muhlik g‘amdin o‘lg‘oy joni ma’zul. Yana qo‘rg‘onda ham qolmay zaxira, Bo‘lub el dog‘i Bonu birla tiyra. Kichiklar aylabon ohu tazallum, Ulug‘lar ta’n ila aylab takallum Ki, bu ish garchi elga dilkash erdi, Va lekin filhaqiqat noxush erdi. Ulusqa mehnatu nokomlig‘ ham, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 332 Jahon xalqi aro badnomlig‘ ham. Yamon gar yaxshi, har ne bo‘ldi hodis, Anga bir turfa barno erdi bois Ki, arzir erdi gar yuz muncha qilsoq, Qayu yuz muncha, gar o‘lguncha qilsoq. Chu bois bartaraf bo‘ldi arodin, Ne ochilg‘ay sababsiz mojaroding‘ Bizing kishvarni bu shoheki olmish, Base ajzu niyoz o‘rtog‘a solmish. Tarab bu nav’kim, qilmak keraktur, Bu ishni mug‘tanam bilmak keraktur. Bo‘lub Rarvez rayvandi bila shod, Bu zindondin ulusni qilmoq ozod. Yo‘q ersa bo‘lmish elning toqati toq, Yaqindurkim bo‘lub Bonu bila oq 3 . Berib tatvil mundoq guftu go‘g‘a, Ochib qo‘rg‘onni bergaylar aduvg‘a. Eshitgach bo‘yla har yondin takallum, Tushub ko‘ngliga haddin ko‘p tavahhum. Kirib Shirin qoshig‘a ochti rozin, Falakdin oshurub so‘zu gudozin Ki: «Yey jismimg‘a, bal jonimg‘a rayvand, Yuzungga jismu jonim orzumand. Bir ishdurkim takallum sursa bo‘lmas, Netaykim oni ham yoshursa bo‘lmas». Ulus bu nav’ deydurlar hikoyat, Tamomin ayladi bir-bir rivoyat. Dedi Shirinki: «Yey quti hayotim, DeKimdur, garchi mone’dur uyotim. Manga juft ul, ulusning fardi erdi Ki, ko‘nglum quti, oning dardi erdi. Chu kechti juftdin ul toqi ofoq, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling