Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
325
Hamisha voqif o‘l qabrim toshidin, 
Ayog‘ing chekma tufrog‘im boshidin». 
Chu bu yerlarga yetkurdi navoni
Yetishti og‘zig‘a ozurda joni. 
Bo‘lub mundoq maqolotidan ogoh, 
Dedi: «lohavl», etib «astag‘firulloh». 
Buzulg‘on joni jononig‘a tushti, 
Balo o‘ti buzuq jonig‘a tushti. 
Ul o‘t bir nav’ kuydurdi vujudin 
Ki, kul qildi vujudi toru rudin. 
Qilib jononi otin tilga ta’lim, 
Tutub jonon otin, jon etti taslim. 
g‘amu dardu balog‘a tushti g‘avg‘o 
Ki, gardun ahlig‘a yovushti g‘avg‘o. 
Bu motam ichra ishqi otashangez, 
Solib bo‘ynig‘a aynidin qaro kiz. 
Qolib dardu balo beyoru munis, 
Bo‘lub hijron tuni besham’i majlis. 
Falak mung birla oning jonin olib
Bularni dog‘i onsiz mungg‘a solib. 
Sibo’ ul holni aylab nazora, 
Qilib Farhodkushni rora-rora. 
Ko‘zidin ashki g‘altonin oquzmay, 
Yer uzra qatrai qonin tomuzmay. 
Tishu changol ila yirtib damo-dam, 
Dema Farhodkushkim, o‘zlarin ham. 
Ko‘rub ul zoru bekas motamidin 
Ki, hayvon beh vafosiz odamidin. 
Ketur, soqiy, menga bir jomi qotil, 
Labolab aylabon zahri halohil. 
Chu tortim ishq aro Farhodvashliq, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
326
Qilay ul jom ila Farhodkushliq! 

 
Dahr evi bunyodsizlig‘idakim, bir to‘da tufrog‘durur suv ichinda va charx gunbadi baqosizlig‘idakim, 
bir mutaharrik hubobdurur suv ustida va bu obo va ummahot zodasidinki, inson bo‘lg‘ay — vafo 
imkoni yo‘q muqtazosidin Xusrav bila Mihinbonu yarashqoni va qo‘rg‘onda qabalg‘onlarning tog‘ va 
dashtqa butrashqoni va Shirin mizoji Farhod o‘lumidin o‘lum holiga yetgan uchun ani Armaniya 
tog‘ining ravonoso fasosi va ruhafzo havosig‘a yiborganlari 
Jahondin rahrav ersang bog‘la mahmil 
Ki, osoyish yeri ermas bu manzil. 
Nedin derlar jahonni rub’i maskun 
Ki, uch rub’idur oning suvg‘a madfun. 
Kishi nokom qayg‘u uzra bo‘lg‘ay 
Ki, tushgan manzili suv uzra bo‘lg‘ay. 
Havodis tundbodi solsa bir mavj 
Ne tong, suv tutsa ul rub’ uzra ham avjg‘! 
Muni ma’man dema, degil xarobe, 
Muni maskan dema, degil hubobe. 
Hubob ar suv uza gunbaznishondur
Ruf etkach ul hamondur, suv hamondur. 
Uekim bir nafasdin bo‘lsa barbod, 
Ne qo‘ysun oqil andog‘ uyga bunyodg‘! 
Bu yanglig‘ uyda ya’ni tursa bo‘lmas 
Ki, forig‘ anda bir dam ursa bo‘lmas. 
Hubob ermas erur bir to‘da tufroq, 
Ne bo‘lg‘ay suv aro tufroq ishi boq! 
Bu tufroq tegrasida charxi doyir, 
Nechukkim oshyon davrida toyir. 
Ajab toyirdurur charxi mutabbaq
Ishi urmoq kabutardek muallaq
1

Kabutar gar tutar orom o‘lub rom, 
Anga ne rom bo‘lmog‘liq, ne orom. 
Hamonokim erur sahroyi ohang, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling