Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
317
Bo‘lub ba’zi ichimga qutu moya
Uchub ba’zi qilib boshimg‘a soya. 
Bo‘lub yolg‘uzlug‘umda qavmu xaylim, 
Yerishib har qayonkim bo‘lsa maylim. 
Manga bilgurtmay bekasligimni, 
Diyorimg‘a qarin ermasligimni. 
Fig‘onimdin Ko‘rub ko‘p sa’b holat, 
Biringiz qilmay izhori malolat. 
Manga sizdin erur behad xijillik
Ne til birla tilay oxir bihillik». 
Ul aytib bu hadisu yig‘labon zor, 
Alar fahm aylab anda o‘zga ozor. 
Sarosar unlarini tez tortib, 
Ne un, g‘avg‘oyi rustoxez tortib. 
Xurush aylab nechukkim motamiylar, 
Yo‘q andoqkim vafosiz odamiylar. 
Alar birla chu fasle nukta surdi
Ajal dard o‘qini jonig‘a urdi. 
Bu so‘zlardin o‘zini torti ma’zul, 
Zamone bo‘ldi o‘z holig‘a mashg‘ul. 
Tugangan fahm etib umri baqosin, 
Sovug‘ oh urdi yod aylab atosin. 
Anosi ham ko‘zi ollig‘a keldi, 
Ko‘zidin ikki qonlig‘ rud ochildi. 
Falak boshig‘a urdi bir katora 
Ki, to ko‘ksiga bo‘ldi ikki rora. 
Dedi: «Ne hol erur hayhot-hayhot
Netar jonimni olsang, ey ajal, botg‘! 
O‘lardin burna yuz o‘lmak nedur bu, 
Boshim yuz tig‘ ila bo‘lmak nedur bug‘ 
Kuyuk tang‘a yolin urmoq ne erdi. 
Momug‘ uzra choqin urmoq ne erdig‘ 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
318
Bular fikri ichimdin urmayin bosh, 
Boshim tufroq aro kirgay edi kosh. 
Buzug‘luq, ey falak, ko‘rguzdung oxir. 
Buzulg‘on xotirimni buzdung oxir. 
Bu ne insof edi, ey soqiyi dahr, 
O‘lar chog‘da qadah tutmoq to‘la zahr. 
O‘luk boshig‘a tig‘ urmoq ne ya’ni, 
Bir-o‘q bas, bedarig‘ urmoq ne ya’nig‘!» 
Chu bu sho‘robag‘a yetti nihoyat, 
Dedi achchig‘-achchig‘ yig‘lab bag‘oyat 
Ki: Ey bodi sabo, tengri uchun qo‘r, 
Yetib Chinu Xito mulkiga yer o‘r! 
Demon, xoqon qoshida bu o‘g‘uldin 
Ki, g‘urbat ichra o‘lgan xasta quldin. 
Quyundek sadqa qil avval o‘zungni, 
Chu bo‘lding sadqa, mundoq de so‘zungni. 
Kim, ul ovorai bexonumoning, 
Bag‘ir xunobidin bir qatra qoning 
Itib, olamda hirmon birla o‘ldi, 
Yuzungni ko‘rmay armon birla o‘ldi. 
Ne qonlar yuqti bag‘ridin yoshig‘a, 
Ne ishlar tushti gardundin boshig‘a. 
Bo‘lub afsunu makru, hiylatangez, 
Anga ne zulmlarkim qildi Rarvez. 
Agar tuzluk bila torsa hisobin
BErur erdi ming andoqning javobin. 
Va lekin egrilikni aylab oyin, 
Yasab yuz nav’ yolg‘on, o‘ylakim chin. 
Birovkim xilqatin qildi qazo rost, 
Qilur bovar, necha so‘z bo‘lsa norost. 
Manga ne deyki ul kofir, ne qildi, 
Qazodin erdi qildi, har ne qildi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling