Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
319 Budur komimkim, Bahromi dilovar Ki, bor erdi manga ul yoru yovar. Cheriklar jam’ aylab bemadoro, Bu yon qilsa azimat oshkoro. Qilichi to‘yg‘arib Xusravni jondin, Tilasa begunah qonimni ondin! Eshitgach shoh bu o‘tlug‘ fasona, Agar boshidin ursa o‘t zabona. Yomon ahvolima aylab yaqo chok, O‘zin tufrog‘larg‘a ursa bebok. Qo‘shub yig‘lasa bu ovorasini, Qayu ovora, bag‘ri rorasini. Bo‘tam deb goh bo‘zlab, goh o‘kursa, Jafo toshin sinuq ko‘ksiga ursa, Yer uzra tojini urmoqqa qo‘yma, Terib taxtini sindurmoqqa qo‘yma. Degil mendinki, ey shohi jahongir, Torilmas Tengri taqdirig‘a tadbir. Mening ishq ermish avvaldin sirishtim, Yana g‘urbatda o‘lmak sarnavishtim. Ne Haq yozg‘onni ko‘rmay chora bormu, Davoyi bo‘lmayin ovora bormug‘! Bu ishga ollinga hukmi qazo ber, Ne ish Haqdin qazo bo‘lmish, rizo ber! Meni gar umrdin charx etti navmid, Jahon mulkida bo‘lsun shoh jovid. Yiqilsa hujra, bo‘lsun qasr obod. Qurusa sabza, bo‘lsun sarv ozod. Anomg‘a bu xabardin tushsa oshub, g‘amimdin xora uzra bo‘lsa sarko‘b. Jahonga o‘t solib g‘avg‘osi har yon, Yetardek bo‘lsa vovaylosi har yon. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 320 Bu vahshig‘a xitob etsa «qo‘zum» deb, Bu bekasni sog‘insa «yolg‘uzum» deb. Aningdek bo‘lsa sho‘ru iztirobi Ki, bo‘lsa bartaraf burqa’ hijobi. Qilibon yod g‘amrarvardasidin, Yugursa chiqsa to‘qquz rardasidin. Debon «Yey rishtai jonimg‘a rayvand», Uzorin aylasa rarkand-rarkand. Sochidin bo‘lsa yulmoq birla mahjur Ki, Chinda bo‘lsa mushk o‘rnida kofur. Damimdin dud olib ketgaysen oxir, Xaloyiqqa hijob etgaysen oxir. Degaysen: «Yey, yuzung ruhum g‘izosi, Izing gardi ko‘zumning to‘tiyosi. Manga bas erdi bu dardi g‘amandud Ki, to Tengri vujudum qildi mavjud. Bukim sen behad erding orzumand Ki, bo‘lg‘ay munising bir turfa farzand. g‘amimdin bo‘lmading bir lahza dilxush, Hamisha bor eding zoru mushavvash. Gar atfol etsa mayli sabzau bog‘, Kichikdin erdi qismim dard ila dog‘. Mening dardimg‘a qolib jismi zoring, Mening dog‘imdin o‘rtanmak shioring. Tilab yoqut, laxti xora torting, Tilab xurshed, otashrora torting. Ulug‘ bo‘lg‘on soyi bechora bo‘ldum, Diyoru mulkdin ovora bo‘ldum. Manga ovoralig‘ to charx berdi, Firoqimdin ishing o‘rtanmak erdi. Bas ermas erdi umre kuymaking bas, Kuyub-kuyub, kul o‘ldung o‘ylakim xas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling