Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
315
Gahe bag‘ring bo‘lub tesham g‘ilofi, 
Gahe jismingda metinim shikofi. 
Yuzung yoshimg‘a xunolud gohe, 
Damimdin boshing uzra dud gohe. 
Bori jurmumg‘a tig‘i afv surgil
Borur chog‘imda afv aylab kechurgil». 
Fig‘oni birla tog‘ afg‘oni ortib, 
Sadodin har zamon yuz nola tortib. 
g‘amidin bag‘rin aylab oncha rora 
Ki, qondin la’l o‘lub har rora xora. 
Boqib gardung‘a dedi: «K-ey, sitamkor, 
Jafoda kavkabi baxtimg‘a hamkor. 
Shioring har necha javru jafodur
Bihilmen, chun mening da’bim vafodur. 
Agarchi sendin o‘ldi jonima ranj, 
Vale mendin ham o‘ldung sen alamsanj. 
Ham afg‘onim bila rajmurda bo‘ldung, 
Ham ohim o‘tidin ozurda bo‘ldung. 
Yuzungga ro‘yadin gardim yoyildi, 
Quyoshing dudi ohim tiyra qildi. 
Emastur anjumungning zarfishoni 
Ki, ohim o‘qlaridindur nishoni. 
Bukun ne oh qoldi, ne fig‘onim, 
Ne ohu ne fig‘on, nomu nishonim. 
Chu tufrog‘ o‘lg‘usi jismi jahongard, 
Zamiring ichra ondin qolmasun gard. 
Chu bo‘ldim yo‘q, meni yo‘q erdi tutqil, 
Agar bor erdi tutsang ham, unutqil». 
Falakning bu so‘zidin dardi oshib, 
Shafaqdin joni ichra o‘t tutoshib. 
Bo‘lub sargashta tormay istiqomat, 
Anga qilg‘ondin aylab yuz nadomat. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
316
Boqib meting‘a dedi: «Yey asirim, 
Mashaqqat kunlarida dastgirim. 
Yetib mendin sanga ko‘p sarzanishlar, 
Vale sendin manga ko‘p rarvarishlar. 
Urub men kuch ila boshingni toshqa, 
Boshingni boshqayu no‘gungni boshqa. 
Sen aylab saxtjonliq mehnatimda, 
Qadam aylab boshingdin xizmatimda. 
Manga bu nav’ zulmu javr resha, 
Chekib bu mehnatim sen dog‘i, tesha. 
Bukun maxlas Toparsiz mehnatimdin, 
Ikov ozod o‘lursiz shiddatimdin. 
Qiling rahmim Ko‘rub bu nav’ holim, 
Borur chog‘da ravo ko‘rmang malolim. 
Keching har neki qilmishmen jafodin
Qo‘yung jonimg‘a minnatlar vafodin». 
Urub metinu tesha tosh uza bosh, 
Fig‘onlar motami eldek qilib fosh. 
Belidin osilib andoqki atfol, 
Zaboni hol ila sharh aylabon hol 
Ki, gar tog‘u vagar yerdur yurarbiz, 
Qaro tufroqqa kirsang ham kirarbiz. 
Ko‘rub atrofida darrandalarni, 
Yana charrandau rarrandalarni. 
Dedi: «K-ey borchangiz ko‘nglumga munis, 
Kecha-kunduz harifu yori majlis. 
Vafo birla muxammar xilqatingiz
Murakkab mehr birla tiynatingiz. 
Nifoqu g‘adrdin tab’ingiz ozod, 
Yo‘q ul yanglig‘ki xayli odamizod. 
Bo‘lub ma’nus ranji g‘urbatimda, 
Kelib ma’luf dardi furqatimda. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling