Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
323
Biri Yunong‘a markab surganimni, 
Qilib razm, ajdaho o‘lturganimni. 
Ikinchi Ahramang‘a aylabon kin
Jahonni qilg‘onim qon birla rangin. 
Uchunch Iskandari Rumiy tilismin 
Ki, ochtim teng qilib yer birla jismin. 
Bo‘lub to‘rtunch Suqrotga raqamkash 
Ki, g‘ori ichra kirdim ajdahovash 
Ki, to olam binosi bo‘ldi bunyod, 
Bu yanglig‘ qilmadi ish odamizod. 
Chekibtur sa’y etib bisyor-bisyor, 
Yudik boshtin-ayoq zinhor-zinhor. 
Yug‘ondin so‘ng so‘yub ayvondin oldik, 
Haririn suvg‘a yoxud o‘tg‘a soldik. 
Nechukkim, foniy o‘ldi jismu jonim, 
Jahondin bo‘ldi Kim nomu nishonim. 
Ishim gardun kuhan toqidin itsun, 
Misolim charx avroqidin itsun. 
Ko‘ra olmasni bildik yaxshi gar dun
Mening naqshimni devor uzra gardun. 
Yana Qorang‘a ham mendin salom ayt, 
Nekim rayg‘om qilg‘umdur, tamom ayt! 
Degil, har toshkim, tesham ushotti, 
Yig‘ib gardun borin boshimg‘a otti. 
Qachon yog‘dursa gardun yuz tuman tosh
Bular ostida netgay bir sinuq boshg‘! 
Falakvash tog‘larkim, yerga soldim, 
Qazodin borchaning ostig‘a qoldim. 
Manga bo‘ldi falak qatl aylagan chog‘, 
Uzolg‘on turbatimning toshi bir tog‘. 
Ul o‘ttikim, degaymen ko‘hi g‘ammen 
Ki, ko‘hi g‘amning ostida adammen. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
324
Qayu naqshimki xoro uzra qozding
Boshida ismu alqobimni yozding. 
Chekib metin xaroshi xora qilg‘il, 
Otimni men kibi ovora qilg‘il. 
Chu qoldi toshning ostida zotim, 
Bo‘lur gar bo‘lmasa tosh uzra otim. 
Yana olamda shahru tog‘u vodiy, 
Kezib ishq ahlig‘a qilg‘il munodi 
Ki, Farhod o‘ldi oshiqliq aro zor
Vale yetti anga Xusravdin ozor. 
Bukim, der erdingiz sultonimizdur, 
Raiyat biz-bizu ul xonimizdur. 
Bukun sultoningizg‘a zulm yetti, 
Jahondin notavonlig‘ birla ketti. 
Kerakkim jam’ o‘lub tortib sirahlar
Tutub so‘g o‘ylakim, o‘lganda shahlar. 
Burun Xusravg‘a chun abri bahoron, 
Qilib oh o‘qlaridin tirboron. 
Fig‘on o‘tidin o‘rtab kishvarini, 
Kul aylab toju taxtu afsarini. 
Bo‘lub giryon bu zori benavog‘a, 
Bering boru yo‘qin seli fanog‘a. 
Vafo qasrin bu yanglig‘ aylab obod
Ravonimni o‘zungizdin qiling shod. 
Yana Shorurg‘a deb xayrbodim, 
Degaysen: «K-ey rafiqi nomurodim. 
Ne qonkim, yutmading hamdamlig‘imdin, 
Ne g‘amkim, chekmading mahramlig‘imdin. 
Manga ul vaqtdinkim hamdam o‘ldung, 
Giriftori balou motam o‘ldung. 
Vafo oyinu sharti muncha bo‘lg‘ay, 
Magarkim Tengri-o‘q uzrungni qo‘lg‘ay. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling