Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
347 Tahammulsiz bo‘lub uy sori borib, Eshik ochilmog‘ondin so‘ng qo‘ngorib. Amori sori qo‘ydilar qadamni, Ochibon rarda, ko‘rdilar sanamni Ki, Farhodi bila yotib hamog‘ush, Qo‘yubon ro‘y-barro‘, do‘sh-bardo‘sh. Ko‘ziyu qoshi uzra, ko‘zu qoshi, Sari mo‘ bo‘lmayin zohir tahoshi. Ketib ul furqati behaddu g‘oyat, Bo‘lub ro‘zi visoli benihoyat. O‘luk oshiq bila ma’shuqi bejon, Nechukkim sarv birla ishqrechon. Quchub o‘z oshiqin ma’shuqi mahkam, Nechukkim, oshiq o‘z ma’shuqini ham. g‘alat qildim, bo‘lub Farhodu Shirin, Riyozi jannat ichra ishratoyin. Falakda ikkisining ruhi poki, Qolib tufroqqa ikki jismi xoki. Chu Bonu ko‘rdi mundoq turfa holat, Anga xud bor edi jondin malolat. Chiqib gardun sori afg‘oni oning, Fig‘oni birla chiqti joni oning. Chu Shirin joni erdi, onsiz o‘ldi, Damekim o‘ldi onsiz, jonsiz o‘ldi. Magar jon keynicha chiqti fig‘oni Va yo chiqti fig‘oni birla joni. Aning naxli hayoti dog‘i sindi, Zamona ko‘ngli andin dog‘i tindi. Ajab nav’ o‘ldilar ul notavonlar, Fido bu nav’ o‘lmaklikka jonlar. Eshittimkim, hamul aqshom guruhe, Riyozat birla qozg‘olg‘on shukuhe. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 348 Adadda qirq ul xayli kiromi, Bu yanglig‘ tush Ko‘rubturlar tamomi Ki, jannat ichra bog‘e osmoncha, Munungtak bog‘ aro qasre jahoncha. Hamul dilkash chamandin ruh olib qut, Ham ushbu qasr o‘lub bir dona yoqut. Safovu ziynati imkondin ortuq, Nekim vasf aylagaylar ondin ortuq. Aning ta’rifida ketmak ne hojat, Kishi uchmoqni vasf etmak ne hojat. Bu qasr ayvoni ichra nurdin taxt, Bu taxt uzra hariru hulladin raxt. Chiqib ul taxt uza Farhodu Shirin, Nechukkim gulshan ichra sarvu nasrin. Jamolu ziynatu zebu safoda, Bo‘lub yuz onchakim, dori fanoda. Aning sori ato birla ano ham, Kelib Bonu munung sori yano ham. Jamolu mulku johi har birining, Bo‘lub olamda bo‘lg‘onning biri ming. Alar so‘rg‘on emishkim bu jamoat, Ne qilmishlar ekin taqviyu toat Ki, bu qasr ichra manzil aylamishlar, Muningdek roya hosil aylamishlar, Deb ermish xozini jannatki, Farhod Jahonda ishq tarhin soldi bunyod. Aningdekkim kechib sultonlig‘idin, Jahon mulki ichida xonlig‘idin, Murodu orzudin tortibon qo‘l, Havoyi nafs sori tutmayin yo‘l, Bo‘lub ma’shuqidin hirmon bila xush, Balovu mehnati hijron bila xush, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling