Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
233
Nishotdin dema so‘z, navha birla boshla surud
Ki, dardu g‘amzadalig‘ olamidadur ko‘nglum. 
Firoq o‘tig‘a tushub dam-badam to‘kar qon yosh
Ki, oxir o‘lgusi o‘z motamidadur ko‘nglum. 
Ne ayb vaslidin ar marham o‘lsa ko‘nglumda,
Hamesha chunki aning marhamidadur ko‘nglum. 
May ich, Navoiyu, ahli zamondin aylama yod
Ki, ushbu xayldin asru ramidadur ko‘nglum. 
415 
Vayronaedur maskanim, andin manga bisyor g‘am,
Ohim bila eshikta o‘rt, ashkim bila devor nam. 
No‘shidin elga guftugo‘, ey hajr icharmen men og‘u,
Kosh o‘lsumu ko‘nglumni bu anduhdin qutqorsam. 
Qil ishq dayrida maqar, sukkonig‘a solg‘il nazar
Kim, bor bu majma’ ichra har durdiykashi xammor Jam. 
Har yerki anda bir nafas, ishratqa topsam dastras,
Yuz qatla aylarmen havaskim, bo‘lsa erdi yor ham. 
Soqiy, bugun mayni unut, mendek dame xunoba yut,
Mutrib navoyi navha tut, sozingg‘a bog‘la tori bam. 
Desamki, ey badmehr o‘g‘ul, yuzung ko‘rub oy tutti yo‘l,
Der: yer quyi gar bordi ul, bir shabravi ayyor kam. 
Miskin Navoiy bersa jon, ey diyda, har dam to‘kma 
qon, 
Ul har necha qilsa fig‘on, sen asrag‘il zinhor dam. 
416 
Oncha kavkab to‘kti shomi g‘am xayolingdin ko‘zum
Kim, yorudi oqibat subhi visolingdin ko‘zum. 
Xoldin ko‘z tiyra bo‘lmoq rasm erur, bu turfakim,
Yorudi ko‘z mardumidek turfa xolingdin ko‘zum. 
Quy aqiqi may suhayli jom aro, ey mug‘bacha
Kim, yorur ul axtari farxunda folingdin ko‘zum. 
Vaslinga yettim bihamdillahki, zoni’ bo‘lmadi,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
234
Ulki, qon yig‘lar edi har dam xayolingdin ko‘zum. 
Bu sababdinkim, nedin sensiz qolib ko‘r o‘lmadi,
Boqa olmaydur yuzungga infiolingdin ko‘zum. 
Yangi oy ko‘rgach xaloyiq, ko‘zni tutmoq rasm erur,
Lekin ochildi ko‘rub mushkin hilolingdin ko‘zum. 
Shukr lillahkim, Navoiydek munavvardur yana
Xoki poyingdin yuzum, sham’i jamolingdin ko‘zum. 
417 
Yer yuzini tutti ashkim, ko‘kka yetti nolishim,
Yuqori tengriyu quyi sendin o‘zga yo‘q kishim. 
Lojaram devonavu rasvoyi olam bo‘lg‘amen, 
Chun tushuptur, ey pariypaykar, sening birla ishim.
Tish qadabmen la’linga uzmasmen andin bu tama’
Anburi hijron bila bir-bir sug‘ursalar tishim. 
Har dam issig‘ ashku sovug‘ ohdin darmondamen,
Yuzu zulfung davrida mundoq kechar yozu qishim. 
Tiyralik dudu shafaqdur shu’lavu anjum sharor
Go‘yiyokim soldi o‘t hijron tuniga qarg‘ishim. 
Mehri yo‘qluqtin erur har tun sinoni oh ila,
Ko‘k hisori xayli birla tongg‘a tegru sanchishim. 
Ey Navoiy, gar sening nolangg‘a yig‘lar andalib,
Bir kun ul gul ko‘ngliga ham kor qilg‘ay nolishim 
418 
La’ling g‘amidin diydayi giryon bila bordim,
Ko‘rmay seni yuz nolavu afg‘on bila bordim. 
Vaslingg‘a yetay dedimu hajringg‘a yo‘luqtum,
Ummid ila keldim, vale armon bila bordim. 
Vaslingg‘a shitob aylab o‘kush g‘am bila yondim,
O‘qdek kelibon bir necha paykon bila bordim. 
Olamg‘a vido’ ettim o‘shul yuz havasidin,
Yuz shukrki, oxir dami iymon bila bordim. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling