Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
225 G‘am sipohi ollidin qochmoq ne imkonkim, berur Oh o‘tiyu ashk qonidin nishon har manzilim. Nega dahr oyo vafo ahlining istar o‘lmagin, Ohkim, o‘lgumdurur hal bo‘lmayin bu mushkilim. Ey Navoiy, qilma ko‘p Majnun hadisi naqlini Kim, men etsam naql, Majnun bo‘lg‘usidur noqilim. 399 Bahor bo‘ldiyu gul mayli qilmadi ko‘nglum, Ochildi g‘unchavu lekin ochilmadi ko‘nglum. Yuzung xayoli ila vola erdim andoqkim, Bahor bo‘ldiyu gul mayli qilmadi ko‘nglum. Gum o‘ldi bog‘da og‘zing xayolidin, yuz vah Ki, g‘unchalar ora istab, topilmadi ko‘nglum. Ko‘zumda jilva qilib, ko‘nglum olmoq istadi gul, Iting izicha ani ko‘zga ilmadi ko‘nglum. Yuzung nazorasida mastu mahv edi, ya’ni Ki, gul chog‘ida zamone oyilmadi ko‘nglum. Zamona gulbunida g‘unchadekdur el ko‘ngli, Alarg‘a shukrki bore qotilmadi ko‘nglum. Navoiy g‘uncha tilab, ko‘nglum og‘zin etti havas. Agarchi topmadi, lekin yongilmadi ko‘nglum. 400 Magarki ko‘z yo‘lidin oqti qon bo‘lub yuragim Ki, tog‘ etaklaridek lolagundurur etagim. Ne tushki, hajri balosin ko‘rarda seskansam, To‘kuldamak bila qo‘shnini uyg‘otur yuragim. G‘aming bo‘g‘un-bo‘g‘unumni oyirdi, ham xushtur Itingga tashlamoq uchun birin-birin so‘ngagim. Emas bu xolki, ko‘z orazingg‘a yetkanda Qolibdurur yopishib, ayni shavqdin nenagim. Ne bazm erur mayi hajring sumurmagim, hayhot Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 226 Ki, hasrat ilgi ovuch qoqmog‘imdurur gazagim. Demangki, qoshlari mehrobida tilak tilagin Mangaki, qoshlari mehrobi-o‘qdurur tilagim. Chamanda savsanu ra’no qadig‘a moyilmen Ki, savsaniy to‘n ila jilva ko‘p qilur miragim. 401 Ko‘ngul jon birla bordi hamrahing, men dard ila turdum, Sanga jon birla ko‘nglumni, seni tengriga topshurdum. Nishondur tiyra bo‘lg‘an axtari baxtim savodidin Tuganlarkim, firoqing o‘tidin g‘am shomi kuydurdum. Yig‘och birla boshoqkim, tanda qolmish uldurur marham Junundinkim, firoqing o‘qlarin jismimda sindurdim. Tutashti sham’dek har barmog‘im hijron sharoridin, Ilig marham qo‘yay deb chun ko‘ngul chokiga yetkurdum. Chu ul kofir chiqar ko‘z solmag‘aysiz, ey musulmonlar Ki, men bechora ko‘nglumni boqib turg‘uncha oldurdum. Qotibdur ko‘zlarimkim, ne yopilmoq, ne taharruk bor, Qiyo boqqaymu bir deb azm etarda baski telmurdum. Yuzin ko‘rgach boshimg‘a tushti mushkin zulfi savdosi, Fig‘onkim, bir boqishda yuz balo boshimg‘a kelturdum. Ko‘ngul tinmasqa qolmish erdi, har nav’ orzu birla, Rizo ko‘yida to qo‘ydum qadam ko‘nglumni tindurdum. Makon gulxan kulin qildim Navoiy, telbadek ya’ni Junun torojidin oxir qora tufroqqa o‘lturdum. 402 Ayni za’fimdin qo‘lum chun qo‘ldading, ey dilbarim, Qo‘yma ilgimniki, qo‘rqarmen to‘kulgay paykarim. To junun bemorimen, gulxanning o‘tluq kullari Bo‘ldi gulgun rishtadin gullar tiqilgan bistarim. Sovuq ohimdin zarar topqay edim g‘am bazmida Jism uyinda bo‘lmasa o‘tlug‘ ko‘nguldin mijmarim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling