Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
223
Poybo‘si davlatin zohir qilurg‘a jur’atim. 
Gar oyoq sunsa ko‘zumga ham ko‘ngul ne voykim,
Ul zamon ko‘z rashkidin kuydurgusidur g‘ayratim. 
Vasl umidin qo‘y Navoiykim, xayoledur muhol,
Bu muhol ummid ila har lahza berma zahmatim. 
395 
Chamanda munisim ne sarv erur, ne gul, ne sunbul ham,
Manga sarve kerakkim, sochi sunbuldur, yuzi gul ham. 
Ajab yo‘q to‘lg‘anib jismim, qorarsa subhi ayshimkim,
Tushub ul kokul uzra chin, yuziga tushti kokul ham. 
Demang ul sho‘x ila ashob bazmin qil tafarrujkim,
Talaffuz aylay olman bu hikoyatni, taxayyul ham. 
Yuzung birla quyosh ta’rifida gar davr erur hosil,
Kelur zanjiri zulfung vasfida lozim tasalsul ham. 
Yuzu qaddig‘a huru tubiy o‘xshar debsen, ey voiz,
Yiroq ermas so‘z ayturda gahe qilsang taammul ham. 
Chekib ko‘hi firoqiya sabr qildim, vaslig‘a yetkach
Fig‘on cheksam ajab yo‘q muncha-o‘q bo‘lg‘ay tahammul ham. 
Yuzung shavqida ko‘nglum ohi sham’u gulga o‘t soldi
Ki, kuydi notavon parvonavu kul bo‘ldi bulbul ham. 
G‘animat anglasun bulbulni gul yetgachki, bo‘stondin
Uchar gul yafrog‘i ham, qolmas uchmay garchi bulbul ham. 
Xumor o‘lturmish erdi bo‘lmasang mug‘ dayrig‘a ozim,
Bu ishga, ey Navoiy, ayladi tengri seni mulham. 
396 
Ne tong uzorim agar sarg‘arib, qizardi yoshim
Ki, yuz qoralig‘u isyon bila oqardi boshim. 
Quyosh kebi yuz ila tog‘dek g‘amin netayin,
Meningki tog‘ boshig‘a yetibdurur quyoshim. 
Magarki jon talashur vaqt uchun ayon bo‘lg‘ay
Muloaba yuzidin xo‘blar bila talashim. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
Zamon eli gar urushsunu gar yarashsunlar
Ki, ne urushim alar birla boru ne yarashim. 
O‘qug‘an elni halok aylagay kitobasida,
Ichimdagini ayon qilsa qabrim uzra toshim. 
Yasasalar ne ajab dayr uza mazorimni
Meningki mug‘bachalardur harifi jur’akashim 
Navoiyo, magar idbor gardini yuzdin 
Yug‘ay nadomatu hasrat bila to‘kulsa yoshim. 
397 
Hajr toshining ko‘kumtul dog‘idin kuydi tanim, 
Ohkim, ko‘kurd o‘ti birla tutashti xirmanim. 
Tiyra kulbam ichra o‘t soldi firoqing, voykim,
Yorudi kuymak o‘ti birla qorong‘u maskanim. 
Nildin xolu alif yuz uzra to naqsh aylading,
Dog‘ kuydurmak ishim bo‘lmish, alif kesmak fanim. 
Ishq aro bo‘ldum g‘aniy, ko‘nglum aro paykonidin
Kim, to‘luptur ul javohir birla ushbu maxzanim. 
Zarvaraq birla bezabdur gul yuzin, vah, turfa ko‘r
Kim, bahor ichra xazon zohir qiliptur gulshanim. 
Emin o‘lman xonaqohu xilvat ichra ujbdin,
Zohido, mayxona mulkim, kup ichidur ma’manim. 
Ey Navoiy, ul xat etmish ro‘zgorimni qora, 
Tong emas yirtuq yoqa birla qalamdek shevanim. 
398 
Qilg‘ali yuz til kebi ko‘nglumni chok ul qotilim,
Tiyg‘i ishqi lazzatin aylar hikoyat har tilim. 
Har kecha g‘am tog‘i ichra jon yetib og‘zimg‘a, bor
Mushfiqim bosh uzra bumu ko‘zi sham’i mahfilim. 
Yig‘lag‘an soyi sarig‘roqdur yuzum, toli’ ko‘rung
Kim, socharmen donavu andin somondur hosilim. 
Halqa-halqa zulfi domi ichramen, vahkim, kelur,
To‘sh-to‘shumdin nishi hajru bu zirihdur hoyilim. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling